Ta’lim sohasidagi xizmatlar bozor xizmatlari hajmining 3,7 foizini tashkil etgan
Ushbu ko‘rsatkich oliy ta’lim muassasalarida xorijiy ta’lim muassasalaridagi talabalar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yilning yanvar-fevral oylarida oliy ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1 792,7 mlrd so‘mni yoki ta’lim sohasida ko‘rsatilgan jami bozor xizmatlari hajmining 57,1 foizini tashkil etgan.
Yilning yanvar-noyabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 26 8 854,0 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,7 foizini tashkil etdi. 2023-yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,1 foiz darajasida qayd etildi.
Ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi yillar kesimida
2020-yil — 7 833,1 mlrd. so‘m
2021-yil — 11 216,9 mlrd. so‘m
2022-yil — 14 114,2 mlrd. so‘m
2023-yil — 22 100,2 mlrd. so‘m
2024-yil — 26 854,0 mlrd. so‘m
Bu esa oliy ta’lim muassasalari, jumladan, xorijiy ta’lim muassasalaridagi talabalar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq.



