$
 12749.75
7.99
 14142.02
106.97
 140.25
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Semizlikka qarshi preparat jigar va buyrak kasalliklarida samarali bo‘lishi mumkin

positive

Amgen kompaniyasi bosh direktori Robert Bredey yurak-qon tomir tizimi, jigar va buyrak kasalliklari xavfi bo‘lgan bemorlarda semizlikni davolash uchun mo‘ljallangan MariTide preparatini o‘rganish bo‘yicha III- bosqich klinik tadqiqotlarini o‘tkazish rejalari haqida ma’lum qildi.

3 kompaniya raqobati 

Ma’lum bo‘lishicha, Kaliforniya kompaniyasi semirishga qarshi dori vositalarining boshqa kasalliklarda samaradorligini o‘rganayotgan o‘z raqobatchilari Eli Lilly va Novo Nordiskdan o‘rnak olish niyatida. 

Lilly yurak yetishmovchiligi va surunkali buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda Zepbound dori vositasini sinovdan o‘tkazmoqda.Novo Nordisk ning Wegovy dori vositasi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish uchun tasdiqlangan.

Dunyoda semizlik kasaliga uchraganlar soni ortgan

Tahlilchilarning ta’kidlashilaricha, keyingi o‘n yillikning boshida tana vaznini kamaytirish uchun yangi dori vositalari bozorining hajmi 150 milliard AQSH dollaridan oshishi mumkin.

Yangi preparatning ta’sir mexanizmi o‘zgacha 

Morgan Stanley konferensiyasidagi nutqida Bredey MariTide boshqa preparatlardan ta’sir mexanizmi va organizmga yuborilish soni bilan farq qiladigan yangi avlod dori vositasi deb atadi. 

"Bizning preparatimiz bir oyda bir marta yuborishga mo‘ljallangan, bu ikki raqobatchimiz preparatlari bilan davolashda talab qilinadiganidan to‘rt baravar kam," — dedi u. 

Shuningdek, Lilly va Novo kompaniyalari semizlikni davolash uchun dori vositalariga o‘sib borayotgan talabni katta qiyinchiliklar bilan qondirishga erishmoqda. Oxirgi chorakda Lilly ishlab chiqarish hajmini oshirdi. MariTide bo‘yicha II- bosqich tadqiqotlarining dastlabki natijalari shu yil oxirida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Теги :
Жамият