20 mlrd. soʻmga yaqin davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda oʻtkazilishining oldi olindi
Tahlil qilingan davlat xaridlarida Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning talablari buzilganligi aniqlandi.
2 daqiqa o‘qiladi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan joriy yilning iyul-avgust oylarida jami 20 milliard soʻmga yaqin davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Respublika kesimida:
Andijon viloyati misolida
Baliqchi tuman Tibbiyot birlashmasining 100 mln. soʻmlik;
Marhamat tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 200 mln. soʻmlik;
Andijon davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik liseyining 180 mln. soʻmlik;
Xonabod shahar Tibbiyot birlashmasining 645 mln. soʻmlik;
Buxoro viloyati misolida
Jondor tuman Tibbiyot birlashmasining 210 mln. soʻmlik;
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 270 mln. soʻmlik;
Kogon shahar Tibbiyot birlashmasining 650 mln. soʻmlik;
Jizzax viloyati misolida
Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik liseyining 1 mlrd. soʻmga yaqin;
Qashqadaryo viloyati misolida
Yakkabogʻ tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 150 mln. soʻmlik;
Chiroqchi tuman Tibbiyot birlashmasining 1,7 mlrd. soʻmlik;
Xorazm viloyati misolida
Bogʻot tumani Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 1,1 mlrd. soʻmlik;
Urganch shahar maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimining 1 mlrd. 22 mln. soʻmlik;
Namangan viloyati misolida
Kosonsoy tuman 3-son Kasb-hunar maktabining 250 mln. soʻmlik;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi misolida
Nukus shahar Tibbiyot birlashmasining 748,2 mln. soʻmlik;
Sirdaryo viloyati misolida
Xovos tuman Tibbiyot birlashmasining 89,9 mln. soʻmlik;
Navoiy viloyati misolida
Karmana tuman “Alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan ixtisoslashtirilgan 25-sonli maktab internati” DMning 440 mln. soʻmlik;
Samarqand viloyati misolida
Bulungʻur tuman Tibbiyot birlashmasining 973,6 mln. soʻmlik;
Toshkent viloyati misolida
Chirchiq shahar Madaniyat boʻlimining 344,7 mln. soʻmlik;
Toshkent shahri misolida
“Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi” markazining 907,1 mln. soʻmlik;
“Oʻzbektelekom” AJning 494,9 mln.soʻmlik;
Virusologiya ilmiy tadqiqot institutining 450 mln. soʻmlik;
Fargʻona viloyati misolida
Fargʻona shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 100 mln. soʻmlik;
Bagʻdod tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 492 mln. soʻmlik;
Qoʻqon shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 6,3 mlrd. soʻmlik;
Buvayda tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasining 165,5 mln. soʻmlik;
Davlat xaridlarida Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya'ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar aniqlangan. Shuningdek, tahlil qilingan davlat xaridlarida Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli modda talablari buzilganligi aniqlandi.
Qoʻmita tomonidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi
Oʻrganish natijalariga koʻra, buyurtmachilarga nisbatan Qoʻmita tomonidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi. Qoʻmita koʻrsatmasi bilan tanlov savdolari bekor qilindi. Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatmalar berildi va mas'ullarga tegishli choralar koʻrildi.



