$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Andijonda hijob kiyib yurgan erkak yuzini to'sib olgani uchun jazolandi

Ayol erkak

Andijon viloyatida yuzini burqa bilan to‘sib yurgan erkak javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Modami yoki trend?

Qayd etilishicha, Andijon shahridagi bolalar bog‘ida Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi erkak ayollarga xos kiyinib, yuzini to‘sib olgani aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini tibbiy niqob bilan to‘sgan holda to‘liq berkitib yurgan erkakka ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Ushbu shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-4-moddasi (Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda bo‘lish) bilan bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorda ma’muriy jarimaga tortilgan.

Oxirgi bor iyunda bunday holat uchragan edi

Ma'lumot uchun, iyun oyida Toshkent shahrining Chorsu bozorida ayollar kiyimini kiyib olgan erkakka nisbatan BHMning 110 baravari (3 mln. 400 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.

Iyul oyida esa Qo‘yliq dehqon bozori yerosti yo‘lida yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgan erkak 7 sutka ma’muriy qamoq hamda 3,4 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi.