$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Qizmi bu yigitmi bu: Chorsuda hijob ichidan yigit chiqdi

wrapped

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda jamoat joyida yuzini berkitib yurgan yigit qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Shubhali shaxs qo‘lga olingan

Qayd etilishicha, voqea 19-iyun kuni Shayxontohur tumanidagi Chorsu bozori yaqinida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari shubha uyg‘otgan shaxsni to‘xtatdi. Shundan so‘ng shaxsini aniqlash uchun bo‘limga olib borilgan.

Hijob o‘ragan o‘g‘il bola bo‘lib chiqdi

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yashovchi 23 yoshli yigit ayollar kiyimida bo‘lgan.

Tergov jarayonida 2023-yil oktabr oyida u Rossiyaga ishlash uchun ketgani ma’lum bo‘ldi. Joriy yilning 17-iyun kuni u O‘zbekistonga qaytgan.

“Yigit” ayollarga o‘xshashga harakat qilgan

Qayd etilishicha, qo‘lga olish chog‘ida yigit huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan.

“Fuqaro yoshligidan ayollar kiyimiga qiziqib, ko‘chada ayollarga o‘xshab mayin ovozda gapirgan, vaqti-vaqti bilan burqa va hijob kiyib yurgan”, - deyiladi xabarda.

O‘g‘rilik ham qilgan

 2002-yilda tugʻilgan fuqaro tikuvchilik bilan shugʻullanishi aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, u yopiq kiyimlarda mayda oʻgʻirliklar ham qilib kelgan.

Bayonnoma tuzilgan

Yigitga nisbatan JK 194 (ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga rioya qilmaslik), 195 (ichki ishlar organi xodimlari tomonidan xizmat vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qilish) va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-4 (jamoat joylarida shaxsni aniqlashga imkon bermaydigan shaklda bo‘lish) moddalari bilan bayonnoma tuzildi. Endilikda fuqaroni BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 million 300 ming soʻmdan 4 million 950 ming soʻmgacha) miqdorda jarima kutmoqda.

Теги :
Жамият