Microsoft Wordda imloni o‘rgatish funksiyasi qo‘shildi
Shuningdek, funksiya auditoriyaga qarab matnning aniqligi, tuzilishi va jumlalar uyg‘unligini yaxshilash bo‘yicha maslahatlar beradi.
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft Word dasturiga foydalanuvchilarga imlo va matn sifatini yaxshilashga yordam beradigan yangi “Coaching with Copilot” funksiyasini qo‘shdi.
Maslahatlar
Funksiya nafaqat grammatika va imlo bo‘yicha oddiy maslahatlar bilan cheklanib qolmaydi, balki maqsadli auditoriyaga qarab matnning ravshanligi, tuzilishi va ohangini yaxshilash bo‘yicha maslahatlar beradi.
Foydalanuvchilar butun hujjat uchun ham, alohida paragraflar uchun ham tavsiyalar olishlari mumkin.
Funksiyani qanday yoqish mumkin?
Faqat kerakli fragmentni tanlash, “Copilot” belgisini bosish va “Get Coaching” funksiyasini yoqish kerak.
Kelajakda Microsoft hujjatga avtomatik ravishda tavsiya etilgan o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatini qo‘shishni rejalashtirmoqda, ammo hozircha foydalanuvchilar tavsiyalar asosida matnni qo‘lda tahrirlashlari kerak bo‘ladi.
Funksiya talablari
“Coaching with Copilot"dan foydalanish uchun “Copilot” litsenziyasini sotib olish, inglizcha sozlamalar bilan internetda Word dasturidan foydalanish kerak. Hozirda funksiya faqat AQShlik foydalanuvchilar uchun mavjud.
Microsoft yaqin oylarda boshqa tillar va mamlakatlardagi foydalanuvchilarga ushbu xususiyatdan foydalanish imkoniyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda.



