$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Paralimpiada: Para yengil atletikachi Elbek Sultonov oltin medal sohibi bo‘ldi

Paralimpiadachi

Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para yengil atletika sport turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda. Ayni vaqtda 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi.

3-oltin medal

Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslari yakunlandi. Ushbu yo‘nalishda startga chiqqan o‘zbekistonlik Elbek Sultonov 16.45 metr natija qayd etgan holda delegatsiya hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Qayd etish lozimki, ushbu natija sportchining faoliyatidagi shaxsiy rekordi hisoblanadi.

3 kunlikning sarhisobi

Paralimpianing 1-kunida sportchimiz Muslima Odilova parasuzish bo‘yicha bronza medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-kunni parataekvondochi Ziyodaxon Isoqova kumush medal bilan boshlab berdi. Shundan so‘ng kecha para yengil atletikaning turli xil yo‘nalishlari bo‘yicha 2 sportchimiz Kubaro Hakimova kumush, Asila Mirzayorova esa uzunlikka sakrashda rekordni yangilab, delegatsiyamiz hisobiga 1-oltinni qo‘shib qo‘ydi. Ma’lumot uchun, Asila Mirzayorova O‘zbekiston tarixida Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqqan ilk ko‘zi ojiz sportchiga aylandi. Aytish mumkinki, bugungi kun ham omadli boshlandi. Kunni yigitlarimiz bitta oltin va bitta bronza bilan boshlab berdi. Erkaklar o‘rtasida F37 klassida yadro uloqtirish dasturining finalida oltin va bronza medallarni ikki nafar o‘zbekistonlik sportchilar — Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev hamda Tolibboy Yo‘ldoshev qo‘lga kiritdi. Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev 16.37 metr natija bilan chempionlikni tantana qilgan bo‘lsa, 15.24 metr natija qayd etgan Tolibboy Yo‘ldoshev bronza medalga sazovor bo‘ldi

Теги :
Jamiyat