$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Har kuni bayram: O‘zbekiston Paralimpiadada 6 ta medal bilan top 10 talikda turibdi

Paralimpiada

Paralimpianing 3-kuni. O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha 8-o‘rinda bormoqda. Mamlakat hisobida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bor.

Paralimpianing dastlabki kunlari

Paralimpianing 1-kunida sportchimiz Muslima Odilova parasuzish bo‘yicha bronza medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-kunni parataekvondochi Ziyodaxon Isoqova kumush medal bilan boshlab berdi. Shundan so‘ng kecha para yengil atletikaning turli xil yo‘nalishlari bo‘yicha 2 sportchimiz Kubaro Hakimova kumush, Asila Mirzayorova esa uzunlikka sakrashda rekordni yangilab, delegatsiyamiz hisobiga 1-oltinni qo‘shib qo‘ydi. Ma’lumot uchun, Asila Mirzayorova O‘zbekiston tarixida Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqqan ilk ko‘zi ojiz sportchiga aylandi.

Bugungi kun ham omadli boshlandi

Bugungi kunni esa yigitlarimiz bitta oltin va bitta bronza bilan boshlab berdi. Erkaklar o‘rtasida F37 klassida yadro uloqtirish dasturining finalida oltin va bronza medallarni ikki nafar o‘zbekistonlik sportchilar — Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev hamda Tolibboy Yo‘ldoshev qo‘lga kiritdi. Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev 16.37 metr natija bilan chempionlikni tantana qilgan bo‘lsa, 15.24 metr natija qayd etgan Tolibboy Yo‘ldoshev bronza medalga sazovor bo‘ldi.

14 nafar sportchimiz chiqishlari

Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonligida o‘tayotgan Yozgi Paralimpiya o‘yinlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib boryapti.

Bugungi dastur doirasida O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar matonatli sportchilari musobaqa medallari uchun bahslarga kirishadi.

Теги :
Jamiyat