$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

WhatsApp va Skypega foydalanuvchi ma’lumotini FSBga topshirish majburiyati yuklatildi

whatsapp

Rossiya Federatsiyasining aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiyalar sohasidagi nazorat boʻyicha federal xizmati (Roskomnadzor, RKN) WhatsApp va Skype kabi 12 messenjerni axborot tarqatish tashkilotchilari (ORI) reyestriga kiritdi. Bu haqda 20-dekabr kuni Roskomsvoboda loyihasi ma'lum qildi

Reyestrga kiritilganlarga qanday majburiyat yuklatiladi?

ATT reyestriga kiritilgan kompaniyalar Rossiya foydalanuvchilarining yozishmalari va ma’lumotlarini saqlashlari, shuningdek, so‘rov bo‘yicha Federal xavfsizlik xizmati (FSB)ga o‘tkazishlari shart. Xavfsizlik kuchlarining ushbu ma’lumotlarga doimiy kirishini tezkor messenjerlarga ega kompaniyalar o‘z mablag‘lari hisobidan o‘rnatishi shart bo‘lgan maxsus uskunalar yordamida ta’minlashi kerak.

Reyestrga WhatsApp va Skypedan tashqari Shveytsariyaning Wire messenjeri, Britaniyaning Element, Janubiy Koreyaning KakaoTalk, Germaniyaning Crypviser va boshqa onlayn servislar kiritildi.

Rossiyada messenjerlarning bloklanishi

Maʼlumot uchun, 6-dekabr kuni Rossiyaning Checheniston, Dogʻiston va Ingushetiya kabi uchta hududida foydalanuvchilar WhatsApp va Telegramdan foydalana olmagan. Roskomnadzor buni “global internetdan uzilish holatlariga tayyorgarlikni tekshirish” boʻyicha oʻtkazilgan oʻquv mashgʻulotlari bilan izohlagan.  

Telegram va WhatsApp’ning ishidagi nosozliklar avvalgi paytlarda ham kuzatilgan. Jumladan, 21-avgust kuni yuz bergan muammolardan soʻng, “Roskomsvoboda”ning texnik direktori Stanislav Shakirov Roskomnadzor Telegramni bloklashga harakat qilganini, bu boshqa xizmatlarning ishida muammolarga olib kelganini aytgan. “Bu 2018-yilda ham xuddi shunday boʻlgan edi”, — dedi Shakirov.  

Discord messenjeri

Oktyabr oyi boshlarida Rossiyada oʻyinchilar orasida mashhur boʻlgan Discord messenjeri bloklangani haqida xabar berilgan. Roskomnadzor bu onlayn-servis “qonunga xilof” boʻlgan yuzlab materiallarni oʻchirish boʻyicha talablarni toʻliq bajarmaganini ta'kidlagan. Shuningdek, 2023-yilda sud mazkur kompaniyani 6 million rubl jarimaga tortganini va messenjer sud qaroriga amal qilmaganini ma'lum qilgan.  

Jarimaga tortilgan messenjerlar

2022-yilda Moskva sudlari WhatsApp va Snapchat messenjerlari, shuningdek, Spotify musiqa servisini Rossiyada foydalanuvchi ma'lumotlarini lokalizatsiya qilishdan bosh tortgani uchun jarimaga tortgan edi.

Теги :
Jamiyat