$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

JSST: Antibiotik chiqindilar xavfini kamaytirish maqsadida qo‘llanma ishlab chiqildi

antibiotic waste

JSST antibiotik chiqindilarning xavfini kamaytirish maqsadida qo‘llanma ishlab chiqdi. Ta'kidlanishicha, dori-darmonlarga chidamli bakteriyalar yiliga dunyo bo‘yicha 5 million kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda. 

Antibiotik chiqindilarning aksariyati farmatsevtika vositalaridir

Agar zarur profilaktik choralar ko‘rilmasa, 2050-yilga borib o‘limlar soni 10 millionga yetishi mumkin, deydi tashkilot. Bunday o‘sish dinamikasida antibiotiklarni ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan farmatsevtika chiqindilarining ham sezilarli ta’siri bor. Chunki ushbu turdagi chiqindilar nafaqat atrof-muhit ifloslanishi, balki mavjud preparatlarga chidamli mikroblar paydo bo‘lishi hamda ularning mutatsiyaga uchrashi uchun sharoit yaratadi.

Aholi va soha vakillari uchun qo‘llanma

Shuni hisobga olgan holda, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xalqaro ekspertlar guruhi, ilmiy doiralar va nazorat organlari vakillari bilan hamkorlikda antibiotik chiqindilarini boshqarishga doir ilk qo‘llanmani ishlab chiqdi. Ushbu vositadan bakteriyalarga qarshi preparatlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, nazorat qiluvchi organlar va ekologiya inspektorlari uchun qator tavsiyalar o‘rin olgan.

Muddati o‘tgan dorilarni utilizatsiya qilish

Shuningdek, qo‘llanma orqali oddiy iste’molchilar ham foydalanilmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan yoki noto‘g‘ri saqlangan antibiotiklarni qanday utilizatsiya qilish bo‘yicha aniq ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin. Havola orqali qo'llanma bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.

Теги :
Jamiyat