$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi!

iran israel

Eron va Isroil qarama-qarshiligi kuchayishi sharoitida O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarga murojaat bilan chiqib, ularni hushyor bo‘lishga chaqirdi.

Yashab turgan joyingizni zaruratsiz tark etmang 

Elchixona mintaqadagi vaziyat tufayli Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolardan ehtiyotkorlik va xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rish hamda doimiy ravishda hushyorlik zarurligini eslatdi.

“Ushbu ziddiyatli kunlarda shaxsiy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish uchun yashab turgan joyingizni zaruratsiz tark etmaslikni tavsiya qilamiz”, — deyiladi elchixona xabarida.

Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari:

03-672-2466

03-672-2371

03-758-5075

03-758-5076

Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun: 972 54 485 1397

Urush ehtimoli

Keng ko‘lamli urush boshlanishi ehtimoli Isroil 1-aprel kuni Eronning Damashqdagi konsulligiga hujum qilganidan so‘ng boshlandi. Hujum oqibatida 11 kishi, jumladan, 2016-yilgacha Livan va Suriyadagi “Quds” elita kuchlariga rahbarlik qilgan Eron harbiy maslahatchisi general Muhammad Rizo Zohidiy, uning o‘rinbosari general Muhammad Hodi Hoji Rahimiy va yana besh eronlik zobit ham halok bo‘ldi. Shuningdek, uch nafar Suriya va bir nafari Livan fuqarosi vafot etdi.

Eron pozitsiyasi qanday?

Eronning BMT missiyasi zarbani terakt deb baholadi. 

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon mazkur hujum munosabati bilan Amerika javobgarlikka tortilishi kerakligini aytdi.