Payshanba, 5-noyabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +19° kechasi +11°
Читать на русском

Shveysariya Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

Shveysariya Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatidan o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov va rossiyalik tadbirkor Mixail Fridman nomini chiqardi. Bunday qaror Yevropa Ittifoqining Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalar siyosatiga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar doirasida qabul qilingan.

1 daqiqa o‘qiladi

Usmonov

Shveysariya Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) 4-noyabr kuni Yevropa Ittifoqining 21-sanksiyalar paketi bo‘yicha ayrim choralarni mamlakat qonunchiligiga joriy etganini e’lon qildi. RBC nashri xabariga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilgan olti nafar jismoniy shaxs orasida Usmonov va Fridman ham bor. Shuningdek, bitta kompaniyaga nisbatan ham cheklovlar bekor qilingan.

Yangi cheklovlar ham joriy etildi

Sanksiyalar ro‘yxatidan ayrim shaxslar chiqarilganiga qaramay, Shveysariya cheklovlar doirasini boshqa yo‘nalishlarda kengaytirdi. Xususan, yana 254 nafar jismoniy va yuridik shaxs hamda tashkilotning aktivlarini muzlatish va ularga iqtisodiy resurslar taqdim etishni taqiqlash belgilandi.

Bundan tashqari, moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha ham yangi cheklovlar kuchga kirdi. Ular Rossiyaning 33 ta banki, uchinchi davlatdagi bitta bank, 17 ta moliya muassasasi va kriptoxizmat provayderini qamrab olgan.

Shuningdek, uchinchi davlatlarda faoliyat yurituvchi beshta kompaniya, Rossiyaning to‘rtta aeroporti va ikkita porti bilan bog‘liq tranzaksiyalarga ham cheklovlar o‘rnatildi.