$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Sobiq vazirga nisbatan sud ishi jarayoni boshlandi

Sud

Sobiq qishloq xo'jaligi vaziri Aziz Voitov o'zlashtirish, mansab vakolatini suiiste'mol qilish va mansab soxtakorligi kabilarda ayblanib, ishi sudga oshirilganligi haqida xabar qilgan edik

Ma'lum qilinishicha, 5-sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari ma’lum qildi

Ayblov moddalari

Sudlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bo‘yicha ayblov e’lon qilingan: 

167 (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish); 

168 (Firibgarlik); 

184 (Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash); 

185−2 (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish); 

189 (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish); 

205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish); 

206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish); 

209 (Jinoyat ishtirokchilarining turlari, Mansab soxtakorligi); 

209 (Mansab soxtakorligi); 

211 (Pora berish); 

228 (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish); 

243 (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish). 

Sudlanuvchilarga turli xil choralar qo'llangan

Shuningdek, 29 nafar sudlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish", 15 nafariga "garov" va 6 nafariga "munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat" tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan. "Qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi", — deyilmoqda xabarda.

Теги :
Jamiyat