$
 11774.92
9.71
 13588.26
1.8
 139.17
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

AQShda talabalar vizasiga oid yangi qoidalar vaqtincha to‘xtatildi

Viza

AQShning Massachusets shtati federal okrug sudi xorijiy jurnalistlar, talabalar hamda almashinuv dasturlari orqali mamlakatga keladigan shaxslarning viza olishiga oid yangi qoidalar kuchga kirishini vaqtincha to‘xtatdi. Mazkur cheklov sudda olib borilayotgan surishtiruvlar yakunlanguniga qadar amal qiladi.

Da’vogarlar orasida 600 ga yaqin oliygohni birlashtirgan tashkilot bor

Suddagi ishda da’vogar sifatida qariyb 600 ta kollej va universitetni birlashtirgan The Presidents Alliance on Higher Education and Immigration notijorat tashkiloti qatnashmoqda. Javobgar tomon esa AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi hisoblanadi.

Sudya Dennis Seylor o‘z qarorida da’vogarlarning yangi yakuniy me’yorning kuchga kirish sanasini kechiktirish haqidagi iltimosi qanoatlantirilganini bildirdi.

Yangi qoidalar mamlakatda qolish muddatini cheklashi kerak edi

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi bir necha oy avval xorijiy jurnalistlar, talabalar va almashinuv dasturlari ishtirokchilariga viza berish tartibini o‘zgartirish rejasini e’lon qilgan edi.

Unga ko‘ra, ushbu toifadagi xorijiy fuqarolarning AQSh hududida bo‘lish muddati 240 kun bilan cheklanishi ko‘zda tutilgan.

Xitoy fuqarolari uchun esa mamlakatda qolish muddatini 90 kungacha qisqartirish taklif etilgan.

Biroq Massachusets federal okrug sudining so‘nggi qaroriga ko‘ra, yangi tartibning kuchga kirishi suddagi surishtiruvlar yakuniga qadar kechiktiriladi.

Теги :
Jamiyat