$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi yuzasidan yana bir MChJ moliyaviy jarimaga tortildi

jarima

Raqobat qo‘mitasi monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi yuzasidan “Vivo Conformation” MChJni moliyaviy jarimaga tortdi.

Korxona monopoliya xatti-harakatiga yo‘l qo‘ygan

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 26-moddasiga muvofiq iqtisodiy konsentratsiya hisoblangan bitim (harakat) tomonlarining biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi BHMning 250 ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi BHMning 500 ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lganda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish belgilangan.

Biroq, shunga qaramasdan, “Vivo Conformation” MChJ tomonidan joriy yilning 24 sentyabr sanasida “Bek Max House” MChJni qo‘shib olinishi natijasida qayta tashkil etilganligi ma’lum bo‘ldi, bunda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinmasdan bitim tuzilganganligi aniqlandi.

Norozi taraf sudga apellyatsiya berishi mumkin

Mazkur holatlardan kelib chiqib, Qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan Raqobat to‘g‘risidagi Qonun talablari buzilishi yuzasidan “Vivo Conformation” MChJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.