$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi Oʻzbekiston fuqarolari uchun Tailandda vizasiz rejim joriy qilinadi

thai visa

Bangkok Post nashriga koʻra, Tailand Vazirlar Mahkamasi koʻproq sayyohlarni jalb qilish maqsadida vizaga oid bir qator imtiyozlarni tasdiqladi. Unga koʻra ba’zi davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolariga ham mamlakatga vizasiz kirish huquqi beriladi. 

Nimalar oʻzgardi?

Tailand Qirolligiga vizasiz kirish huquqiga ega mamlakatlar soni 57 dan 93 tagacha ko‘paydi deb xabar beradi Bangkok Post. 36 ta yangi mamlakatga Kambodja, Xitoy, Hindiston, Yamayka, Qozog‘iston, Laos, Meksika, Marokash va O‘zbekiston kirdi. 

Shuningdek, ushbu qaror bo‘yicha tashrif buyuruvchilarning qolishi ham 60 kungacha uzaytirilgan. Qolaversa, ishlashni va sayyohlik joylariga tashrif buyurishni istagan mehmonlar 180 kungacha bo‘lgan besh yillik vizalarni olishlari mumkin. Ilgarigi tartib boʻyicha ular har biri 30 kundan atigi ikki marta qolish huquqiga ega edilar.

Talabalarga ham imtiyozlar yoʻq emas 

Bundan tashqari, oliy ta’lim maqsadida kelgan chet ellik talabalarga mahalliy universitetni tamomlagandan keyin yana bir yil ushbu mamlakatda qolishga ruxsat berildi. Ilgari ular diplom olganlaridan keyin darhol mamlakatni tark etishlari kerak edi.

Oʻzbekistonliklar uchun viza imtiyozlari qanday?

Ma’lumot oʻrnida, O‘zbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga vizasiz kirish imkoniyatiga ega: Antigua va Barbuda, Armaniston, Barbados, Belarus, Birlashgan Arab Amirliklari, Dominika, Eron, Falastin, Filippin, Gaiti, Gambiya, Gruziya, Keniya, Kot-dʼIvuar, Malayziya, Mikroneziya, Mo‘g‘uliston, Moldova, Namibiya, Ozarbayjon, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Rossiya, Sent-Vinsent va Grenadin orollari, Seyshel orollari, Shri-Lanka, Surinam, Tailand, Tojikiston, Turkiya, Ukraina.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga kirib kelganda aeroportning oʻzida viza olishi mumkin boʻlgan davlatlar: Boliviya, Burundi, Gvineya-Bisau, Indoneziya, Iordaniya, Kabo-Verde, Kamboja, Komor orollari, Laos, Livan, Madagaskar, Makao, Maldiv orollari, Mavrikiy, Mavritaniya, Mozambik, Nepal, Nikaragua, Palau, Qatar, Ruanda, Samoa, Serra-Leone, Togo, Tuvalu, Yamayka, Zimbabve, Sharqiy Timor.

O‘zbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga kirish uchun elektron viza olishi mumkin (e-visa): Efiopiya, Ekvatorial Gvineya, Ekvador, Gabon, Gvineya, Hindiston, Janubiy Sudan, Jibuti, Kongo Demokratik Respublikasi, Lesoto, Malavi, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Uganda, Vyetnam.