$
 12724.84
-15.11
 14223.83
32.8
 137.11
-2.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Koronavirus aslida qayerdan tarqalgan edi?

positive

Olimlar CoVID-19’ning qayerdan tarqalganligini aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi.

Bozor – kasallikning tarqalish o‘chog’i bo‘lgan

Ma’lum bo‘lishicha, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa mamlakatlardan bir guruh olimlar koronavirus tarqalishining manbayi Xitoyning Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozori ekanini aniqladi. Ularning tadqiqoti Cell ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

12 milliondan ortiq aholiga ega Uxanda 4 ta tirik hayvonlar bozori faoliyat yuritadi. Ular orasida Xuanan bozori eng ko‘p yovvoyi hayvonlar sotiladigan joy hisoblanadi.

Virusni hayvonlar tarqatganmi yoki odamlar?

Qayd qilingan hujjatlarga qaraganda, 2019-yilning kuzida bir necha sotuvchilar yenotsimon itlar, bambuk kalamushlar, malay jayralari, Amur tipratikanlari va Osiyo bo‘rsiqlari kabi tirik hayvonlarni noqonuniy ravishda sotgan. Yovvoyi hayvon sotuvchilarning aksariyati bozorning g‘arbiy qismida joylashgan, aynan shu yerda COVID-19 bilan kasallanishning eng dastlabki va ko‘p holatlari kuzatilgan, deyilmoqda tadqiqotda.

Shuningdek, bozordan olingan genetik material namunalari pandemiyaning umumiy ajdodiga genetik jihatdan mos kelgan. Koronavirus izlari hayvonlar saqlanadigan qafaslarda, ularni tashilgan aravalarda va kanalizatsiya kanallarida topilgan. Bunda ko‘rshapalaklar genetik materialining mavjudligi aniqlanmagan. JSST 2021-yildagi hisobotida aynan shu hayvonlar COVID-19 tarqalishining eng ehtimoliy manbalaridan biri bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagandi.

Olimlar virus tarqalishining ikkita faraziy variantini ilgari surmoqda: hayvonlardan (aniq qaysi turdan ekanini aniqlashning iloji bo‘lmadi) odamga yoki aksincha — odamlar uni bozorga olib kirgan.

Kasallik laboratoriya sharoitida emas, tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lgan

JSST virusning laboratoriya sharoitida emas, balki tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lganini ilgari surgan. Uxanda virusologiya instituti joylashgan bo‘lib, u yerda COVID-19 tarqalishidan oldin boshqa koronaviruslar o‘rganilgan. Shu sababli turli variantlar, jumladan, biomaterialning sizib chiqishi va Pekin tomonidan biologik qurol ishlab chiqarilishi kabi taxminlar ko‘rib chiqilgan.

Shuning bilan birga, Xitoy koronavirusning laboratoriya kelib chiqishi ehtimolini qat’iyan rad etib, mamlakatni shu asosda obro‘sizlantirishni to‘xtatishni, bu masalani siyosiylashtirmaslikni talab qilgandi.

Теги :
Жамият