$
 12729.48
-20.27
 14156.45
14.43
 139.72
-0.53
weather
+26
Кечаси   +14°

Virus tashish yoki ommaviy kasallanishga sabab bo‘lganlik uchun og‘ir jazolar mavjud

positive

Bu haqida huquqiy axborot kanali xabar bergan.

Sanitariya qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

Sanitariya normalarini, qoidalari va gigiyena normativlarini buzish:

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln. 700 ming so‘mdan 3 mln. 400 ming so‘mgacha);

mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda (5 mln. 100 ming so‘mdan 6 mln. 800 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ommaviy zaharlanish yoki epidemiya xavfi

Sanitariyaga oid qonunchilikni buzish, odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:

BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish; 

5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;

2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 

1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Теги :
Жамият