$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Vegetarianlik va veganlikning xavfli tomonlari ma‘lum qilindi

positive

Vegetarianlik va veganlik bolalar, homilador ayollar va surunkali kasalligi bor odamlar uchun juda xavfli ekanligi haqida Moskva Sog‘liqni saqlash vazirligi Vidnovskiy klinik kasalxonasining gastroenterologi Lyudmila Suxorukova so‘zlab bergan.

Xavfli oqibatlar va hattoki bepushtlik

“Vegetarianlik va veganlik bolalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun juda xavflidir. Agar bola yoshligidan vegetarian bo‘lsa, u normal rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha elementlarni olmagan bo‘lsa bu tanadagi muhim elementlarning yetishmasligiga olib keladi, - degan Suxorukova.

Bunday holatda tanada juda jiddiy buzilishlar yuzaga keladi, bu esa bola katta bo‘lganidan so‘ng o‘zini namoyon qiladi. Bularga surunkali va avtoimmun kasalliklar, kam vazn va ba’zi hollarda hatto bepushtlik kelib chiqishi mumkin.

Homiladorlik holati uchun zararlar

Vegetarianlik homiladorlikka ham mos kelmaydi. Homilador ayolning tanasi sezilarli o‘zgarishlarga uchraydi. Xomilaning rivojlanishi ko‘plab "qurilish elementlari"ni talab qiladi: oqsil va xolesterin, ko‘plab yog‘lar va uglevodlar talab qilinadi, chunki homila hujayralari va organlarining yaratiladi. 

Bundan tashqari, ayolning tanasi bolani tug‘ish uchun ko‘proq ozuqa moddalari, vitaminlar va mikroelementlarga muhtoj. Bir vaqtning o‘zida ikki kishiga zarar etkazish xavfi ko‘p marta ortadi.

Voyaga yetmagan bolalar uchun

“Bundan tashqari, vegetarianlik voyaga yetgan odamga ham jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa u odamda oshqozon osti bezi, yurak, buyrak yoki jigar kabi organlar bilan tug‘ma yoki orttirilgan surunkali kasalliklar mavjud bo‘lsa”, — deya qo‘shimcha qilgan shifokor.

Vegan va vegetarianlar farqi

Aytilishi o‘xshash bo‘lishga qaramasdan veganlar va vegetarianlar diyetasi farq qiladi: birinchisi hayvonlardan olingan mahsulotlarni iste’mol qilmaydi, ikkinchisi esa tuxum, sut va asal iste’mol qilishi mumkin.

Теги :
Jamiyat