$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

106 ta vazirlik o‘z vazifasini bajara olmayapti(mi?)

positive

O‘z vaqtida bajarilmagan majburiyatlar

Agentlik tomonidan ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning o‘z vaqtida rasmiy veb-sayt va Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirilishi holati 106 ta davlat organlari va tashkilotlarida monitoring qilindi.

Aniqlanishicha, 106 ta vazirlik va idoralarga jami 1527 ta majburiyatlar belgilangan bo‘lib, joriy yilning 2-chorak holatiga shulardan faqatgina 577 tasining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlangan.

Ochiqlik 

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 50 ta davlat idoralaridagina o‘z vaqtida va belgilangan resurslarda joylashtirilgan, yoki xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari haqidagi ma’lumotlar 43 ta vazirlik va idoralar tomonidan to‘liq ochiq e’lon qilingan.

Shu kabi, ish reja to‘g‘risidagi ma’lumotlar 53 ta, yillik xarajatlar smetasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 44 ta, jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 36 ta vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan talablar asosida e’lon qilinganligi aniqlandi.

Ma’lumot berilmagan va yuqori samaradorlik holatlari

O‘rganishlar davomida Andijon viloyat hokimligi, Madaniy meros agentligi, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ kabi tashkilotlarda joriy yil holatiga oid ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan biror bir ma’lumot yuklanmagan.

Ochiq ma’lumotlarni e’lon qilishda yuqori samaradorlik Sport vazirligi (95%), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (80%), Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (80%), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (75%), hamda Samarqand viloyat hokimligi (76%) tomonidan qayd etilgan.

Теги :
Jamiyat