$
 11797.92
-15.29
 13739.86
20.0
 138.00
1.29
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market do‘konlari uchun yangi “Ishonchli sotuvchi” va “Xaridorlar tanlovi” belgilari

Uzum

2026-yil 25-sentyabrdan boshlab Uzum Market iste’molchilarga toavr tanlashda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga yordam beradigan ikkita yangi ma’lumot beruvchi belgi — “Ishonchli sotuvchi” va “Xaridorlar tanlovi” belgilarini joriy etadi.

“Ishonchli sotuvchi” belgisi — belgilangan ishonchlilik mezonlariga javob berganda do‘konga avtomatik ravishda beriladigan vizual belgi. Baholashda, xususan, do‘konning reytingi, chop etilgan sharhlar soni va baholash uchun yetarli ma’lumotlar mavjudligi hisobga olinadi. Agar bitta sotuvchining bir nechta do‘koni bo‘lsa, ularning har biri alohida baholanadi.

“Xaridorlar tanlovi” belgisi — tovarning xaridorlar tomonidan baholanishi va sifatining belgilangan mezonlariga javob berganda, alohida SKU’ga avtomatik ravishda beriladigan vizual belgi. Baholashda o‘rtacha reyting, past baholar soni, sifat va tovarning tavsif yoki fotosuratlarga mos kelmasligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra rad etishlar va qaytarishlar, shuningdek, miqdor hisobga olinadi.

Ikkala belgi ham avtomatik ravishda beriladi va kuniga bir marta qayta ko‘rib chiqiladi. Agar do‘kon yoki tovar mezonlarga javob bermasa, belgi olib tashlanadi va qayta muvofiqlik holatida qaytarilishi mumkin.

Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.

Belgilar axborot xarakteriga ega bo‘lib, tovar sifati yoki sotuvchining xaridor oldidagi majburiyatlarini bajarishi kafolati hisoblanmaydi.


Reklama huquqlari asosida