$
 11948.58
58.63
 13793.44
76.0
 144.29
0.36
weather
+26
Кечаси   +14°

“Quruq qurilish va suvoq ishlari” yo‘nalishida eng kuchlilar aniqlandi

kasb-14 kasb-14

Yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari sifatli kasb egalariga bo‘lgan talabni kundan-kunga oshirmoqda. Shu munosabat bilan tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” respublika kasbiy mahorat milliy tanlovi amaliy va qurilish kasblarining jozibadorligini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Tanlovning “Quruq qurilish va suvoq ishlari” kasbi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan doiralarida mamlakatimiz qurilish sohasining bo‘lajak va tajribali ustalari o‘z mahoratlarini amalda isbotlashdi.

Bino va inshootlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shuvchi g‘oliblar

Iqtidor va amaliy tajribani namoyon etgan quyidagi ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan eng yuqori baholarga loyiq ko‘rildi:

1-o‘rin g‘oliblari:

  • Adizov Akobir Azamatovich (Buxoro viloyati, Buxoro shahar 2-son texnikumi)
  • Djamalov Rustamjon Ravshanovich (Buxoro viloyati, Buxoro shahar 2-son texnikumi)

2-o‘rin sovrindorlari:

  • Toshpo‘latov Jahongir Shukrullo o‘g‘li (Navoiy viloyati)
  • Abdukarimov Yaxyoxon Habibullo o‘g‘li (Namangan viloyati)
  • G‘ulomov Jo‘rabek Shuxratjon o‘g‘li (Namangan viloyati)
  • To‘rabekov Azizbek Fayzillo o‘g‘li (Sirdaryo viloyati)

3-o‘rin sovrindorlari:

  • Aminov Ozodbek Oybek o‘g‘li (Samarqand viloyati)
  • Komilov Sardorbek Ibrohimjon o‘g‘li (Namangan viloyati)
  • Qosimjanov Abdulaziz Abdumalik o‘g‘li (Namangan viloyati)
  • Karimkulov Javoxir Ibroxim o‘g‘li (Sirdaryo viloyati)
  • Tirkashev Javoxir Alijon o‘g‘li (Jizzax viloyati)
  • Tilavoldiyev Jamolhon Oybek o‘g‘li (Andijon viloyati)

Kelajak bunyodkorlariga prezident e’tibori

Tadbir yakunida g‘oliblarga medallar hamda pul mukofotlari topshirildi. Bu kabi tanlovlar amaliy qurilish kasblariga bo‘lgan yoshlar qiziqishini orttirmoqda. Endilikda qurilish mahorati bo‘yicha eng sara ustalar WorldSkills xalqaro chempionatida ishtirok etishadi. Xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozongan g‘oliblar uchun Prezident tomonidan 1 mlrd 30 mln so‘m mukofot berilishi belgilangan bo‘lib, bu quruvchilar va suvoqchilar uchun ulkan motivatsiya manbai hisoblanadi.