$
 11948.58
58.63
 13793.44
76.0
 144.29
0.36
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda oddiy kasb egalari uchun “Oskar” darajasidagi taqdirlash bo‘lib o‘tdi

kasb-14 kasb-14

Mustahkam konstruksiyalar va sanoat rivojining asosi bo‘lgan payvandlash sohasida ham eng kuchli professionallar aniqlandi. “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” respublika kasbiy mahorat tanlovining yopilish marosimida ushbu mashaqqatli va mas’uliyatli kasb egalari katta sahnada e’zozlandi.

Tanlovning “Payvandlash texnologiyasi” yo‘nalishida mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan metall va konstruksiyalar bilan ishlash bo‘yicha eng mohir ustalar o‘zaro bellashdilar.

Muhim sohaning eng sara vakillari

O‘z ishining haqiqiy ustasi ekanligini ko‘rsatib, tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ro‘yxati:

1-o‘rin g‘oliblari:

  • Davrenov Daurbek Komil o‘g‘li (Toshkent shahri, Sergeli tuman 2-son texnikumi)
  • Gadayboyev Umidjon Maxammadjon o‘g‘li (Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tuman 1-son texnikumi)

2-o‘rin sovrindorlari:

  • Shamsiddinov Asadbek Odiljon o‘g‘li (Sirdaryo viloyati)
  • Davronov Dalerjon Shodi oʻgʻli (Samarqand viloyati)
  • Kuchkarov Azizjon Sirojiddin oʻgʻli (Samarqand viloyati)
  • Xoliqulov Javohir Abdullayevich (Samarqand viloyati)

3-o‘rin sovrindorlari:

  • Gulmurodov Sharofjon Umarovich (Buxoro viloyati)
  • Olimov Subxon Salim oʻgʻli (Buxoro viloyati)
  • Qo‘zibaev Jahongir Ulugʻbek o‘gli (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  • Bakirov Sanjar Zokir o‘gli (Toshkent viloyati)
  • Baratov Javohirbek Shuxrat o‘g‘li (Sirdaryo viloyati)
  • Xolmatov Sherali Narzulla o‘g‘li (Qashqadaryo viloyati)

Yuksak rag‘bat

Sanoat va qurilish sohalarining tayanchi hisoblangan payvandchilar g‘oliblik medallari va yirik pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Bellashuvda yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar oldida endi WorldSkills xalqaro chempionati eshiklari ochiq. Ushbu nufuzli musobaqada g‘olib bo‘lganlarga Prezidentimiz tomonidan 1 mlrd 30 mln so‘m miqdoridagi mukofot topshirilishi ushbu murakkab va talab yuqori bo‘lgan kasb jozibadorligini yanada oshiradi.