$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market logistika va tovarlarni saqlashni hisoblash mantig‘ini, shuningdek, tovarlarning o‘lchamlari va qadoqlariga qo‘yiladigan talablarni yangilamoqda

Uzum

2026-yil 4-maydan boshlab Uzum Market’da logistika tarifi va tovarlarni saqlash tarifini hisoblashda o‘zgarishlar kuchga kiradi. Endi logistika narxi tovarning litrdagi hajmidan kelib chiqib — qadoqdagi uzunligi, eni va balandligi (mm) hamda vazni (gramm) asosida aniqlanadi. Gabarit tarifikatsiya modeli bekor qilinmoqda.


Yangi tariflar bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.


Bundan tashqari, 2026-yil 20-apreldan boshlab FBS-tovarlar kartochkalarida ko‘rsatilgan miqdorlarning to‘g‘riligi ustidan nazorat kuchaytiriladi. O‘lchamlar to‘ldirilmagan bo‘lsa, maksimal tarif qo‘llaniladi. Haqiqiy hajm ko‘rsatilganidan 30 %dan ortiq farq qilsa, 50 000 so‘m jarima belgilangan. Yangilanish haqida batafsil ma’lumot havolada keltirilgan.


Shuningdek, 2026-yil 20-apreldan boshlab tovarlarni qadoqlash talablari ham o‘zgaradi, bu esa tashish va saqlash jarayonida shikastlanishlar sonini kamaytirishga qaratilgan:


tovar uning xususiyatlarini hisobga olgan holda ishonchli tarzda qadoqlangan bo‘lishi kerak;

qadoq tovarni tashish, saqlash va yetkazib berish jarayonida himoya qilishi kerak;

markirovka va QR/shtrix-kodlar ochmasdan o‘qilishi kerak;

bir necha qismdan iborat tovarlarni komplektlash va markirovkalash bo‘yicha talablariga rioya qilish kerak. 


Shikastlangan tovarlar sotuvga qabul qilinmaydi, noto‘g‘ri qadoqlash holatida esa tovarning saqlanishi uchun javobgarlik sotuvchining zimmasida bo‘ladi. Uzum Market talablarga rioya qilinmaganligi sababli yuzaga kelgan zararni qoplamaydi.  


Yangilanish haqida batafsil ma’lumot havolada keltirilgan.

Reklama huquqlari asosida