$
 12165.24
-25.19
 14330.65
-32.11
 159.42
-2.67
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market FBS sxemasi bo‘yicha buyurtmalarni qabul qilish punktlarini taqsimlash va tovarlarni qabul qilish qoidalarini yangiladi

Uzum

2026-yil 4-maydan boshlab Uzum Market FBO sxemasi bo‘yicha tovarlarni qabul qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritmoqda, shuningdek FBS sxemasi bo‘yicha buyurtmalarni qabul qilish punktlari bilan ishlash yondashuvini yangilamoqda.

Yangilanishlar doirasida FBO sxemasi bo‘yicha yetkazib berishda sotuvchi tomonidan e’lon qilingan va amalda topshirilgan tovar miqdori o‘rtasidagi tafovut uchun sotuvchilarning javobgarligi aniqlashtirildi. Qabul qilish jarayonida tafovutlar aniqlansa, Uzum Market har bir farq qilgan birlik uchun jarimа ushlab qolish huquqiga ega. Jarima miqdori sotuvchilar uchun yo‘riqnomaga muvofiq belgilanadi. Shuningdek, tovarlarni yetkazib berishda taym-slotga rioya qilinmagan taqdirda ham jarima qo‘llanilishi mumkin.

Bundan tashqari, Uzum Market FBS sxemasi bo‘yicha buyurtmalarni qabul qilish punktlarini taqsimlash tizimini yangilamoqda, bu esa jo‘natmalarni yanada qulay rejalashtirish imkonini beradi. Endi punktlar ikki turga bo‘linadi:

— xaritada ko‘k rang bilan belgilangan punktlar — tovarlarni barcha yetkazib berish kunlarida, jumladan oxirgi kunda ham qabul qiladi;

 — yashil rang bilan belgilangan punktlar — tovarlarni oxirgi kunidan tashqari barcha kunlarda topshirish mumkin.

Ushbu o‘zgarishlar qabul qilish jarayonlarini yanada shaffof qilish va jo‘natmalar bilan ishlashni optimallashtirishga qaratilgan.

Yangilangan qoidalar bilan batafsil havola orqali tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqlari asosida