$
 12190.43
49.05
 14362.76
49.29
 162.09
1.83
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market qadoqlash qoidalarini yangilaydi va FMCG toifasi uchun komissiyani pasaytiradi

Uzum market 1

2026-yil 1-maydan boshlab Uzum Market qadoqlash qoidalarini yangilamoqda va tovarlarni o‘lchami hamda vazni bo‘yicha toifalarga ajratmoqda. Endi barcha tovarlar yagona tizim bo‘yicha taqsimlanadi — kichikdan yirik gabaritgacha, shuningdek, faqat FBS va DBS sxemalari bo‘yicha qayta ishlanadigan uzun o‘lchamli tovarlar va pozitsiyalar alohida ajratiladi. Bu o‘zgarishlar ombordagi ishlarni tez va qulay bajarishga, shuningdek, logistika hamda buyurtmalarni yetkazib berishni yaxshilashga yordam beradi.

Shuningdek, tovarlarni qabul qilish tartibi yangilandi: vazni 30 kg dan 60 kg gacha bo‘lgan tovarlar uchun palletlardan foydalanish tavsiya etiladi, shuningdek, yetkazib berishda yevropalletlarni qaytarish shartlari tartibga solinadi. Mazkur tovarlar palletsiz yetkazib berilgan taqdirda, ularni qabul qilish zonasigacha tushirish sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-maydan boshlab Uzum Market FMCG toifasi uchun tijorat komissiyalarini 10 % gacha pasaytiradi, bu esa kundalik ehtiyoj tovarlari sotuvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratadi.

O‘zgartirishlarning to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Reklama huquqlari asosida