$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

“Oʻztransgaz” “Oʻzbekneftgaz”ga qarzlarini aksiyalar orqali to‘ladi

O

“Oʻzbekneftgaz” sof foyda oʻsishi va “Oʻztransgaz”dagi ulushni sotib olish haqida ayrim ma’lumotlarni ochiqladi.

2,1 trillion soʻm miqdorida sof foyda

2024-yilning birinchi yarmida kompaniya Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) boʻyicha 2,1 trillion soʻm miqdorida sof foyda oldi. Oraliq konsolidatsiyalashgan hisobot kompaniyaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilindi. Bu yilgi natija oʻtgan yilning shu davridagi 422 milliard soʻmlik koʻrsatkichdan sezilarli darajada yuqori boʻlib, sof foyda besh barobarga oshdi.

Umumiy daromadlar bo‘yicha aniq raqamlar

Umumiy tushum va boshqa daromadlar 15,7 trillion soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilgi 14 trillion soʻmlik koʻrsatkichdan oshdi. Umumiy xarajatlar esa 11,7 trillion soʻm boʻlib, oʻtgan yilgi 10,9 trillion soʻmlik koʻrsatkichdan yuqori boʻldi, biroq tushumning oʻsishiga nisbatan kamroq oshdi. Moliyaviy daromadlar 1,26 trillion soʻmga yetdi (2023-yilda 466 milliard soʻm edi). Shu bilan birga, ushbu turdagi xarajatlar ham 2,9 trillion soʻmga koʻtarildi (oʻtgan yilda deyarli 2 trillion soʻm). Bu esa qarz yukining ortishi yoki qarz bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xarajatlarining oshganini anglatadi.

“Oʻztransgaz”ni sotib olish tafsilotlari

Bunday keskin moliyaviy oʻsish ortida aniq va jiddiy sabablar yotadi. Eʼlon qilingan hisobotda bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan asosiy operatsion kompaniyalar koʻrsatilgan, ular orasida “Oʻztransgaz” ham bor. “Oʻzbekneftgaz” 2024-yilda ushbu tashkilotdagi 46,8 foizlik ulushni sotib olish bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

Qarz evaziga aksiya

“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi “Oʻztransgaz”dagi aksiyalarning bir qismini eski qarzlarni toʻlash maqsadida sotib oldi. Qarzlar aksiyalarni berish orqali toʻlandi. Sotib olingan aktivlarning adolatli qiymati hali aniqlanmagan bo‘lib, 2024-yil uchun guruhning yillik konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotida e’lon qilinadi. Bitim qiymati $812,3 million deb baholangan.

“2024-yilning birinchi yarmida “Uz-Kor”ga berilgan $344 millionlik subordinatsiyalangan qarz va unga hisoblangan $244,3 millionlik foizlar boʻyicha talab qilish huquqlari sotib olingan aksiyalarni toʻlash evaziga “Oʻztransgaz” foydasiga oʻtkazilgan”, – deyiladi hisobotda.

O‘tgan yili “Oʻzbekneftgaz” foydasi 78 foizga kamaygan

Yozda kompaniya nima uchun 2023-yilda sof foyda 78 foizga pasayganligiga izoh bergan. Unga ko‘ra, “EBITDA” ko‘rsatkichining 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 21 foizga oshganiga qaramay sof foyda 78 foizga kamaygan. Sof foydaning kamayishi ko‘p jihatdan valyuta kursidan kelib chiqqan moliyaviy xarajatlar va yuqorida tavsiflangan jahon bozorlarida foiz stavkalarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, sof foydaga erishishda pul oqimini samarali boshqarish orqali debitorlik qarzlarining qisqarishi ijobiy ta’sir qilgan.

Kompaniya ma’lumotlariga koʻra, kurs farqlari bilan operatsiyalardan ko‘rilgan zarar 2022-yilga nisbatan 2023-yilda 3 trln. so‘mga oshgan.

Kompaniyaning keltirishicha, ushbu xarajatlar o‘sishning asosiy omili bo‘lib, 2023-yil davomida xorijiy valyutaning o‘zbek so‘miga nisbatan kursining sezilarli darajada oshishi hisoblanadi. AQSH dollari kursining 2023-yilda o‘sishi 1113,3 so‘mga yoki 9,92 foizni tashkil etdi. Yevro kursi 1770,0 so‘mga yoki 14,80 foizni tashkil qildi (2022 yilda AQSH dollari kursining o‘sishi 387,8 so‘mga yoki 3,6 foizni tashkil qilgan, yevro kursi esa pasaygan 263,0 so‘mga yoki 2,2 foizni tashkil qilgan).

Теги :
Jamiyat