$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

О‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga a’zo bo‘lmaydi – Akmal Saidov

YeOII

О‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga qo‘shilmaydi va YeOIIda kuzatuvchi davlat sifatida qoladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Toshkentdagi “Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi”ning ochilishida ma’lum qilgan.

О‘zbekiston o‘z suverenitetini cheklashga rozi bo‘ladimi?

О‘zbekiston boshqa davlatlar bilan yaqin hamkorlik evaziga o‘z suverenitetini cheklashga rozi bo‘ladimi, degan savolga Saidov salbiy javob berdi.

“Konstitutsiyaning birinchi moddasida О‘zbekiston suveren davlat ekani qayd etilgan. Agar gap harbiylashtirilgan mudofaa tuzilmalari va tashkilotlariga qo‘shilish haqida borayotgan bo‘lsa, unda yo‘q, biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz hech qachon yigitlarimizni harbiy missiyalarni, shu jumladan tinchlikparvarlik missiyalarini bajarish uchun (chet elga) yubormaymiz. Hududimizda hech qanday chet el harbiy bazalari bo‘lmaydi”, — dedi vitse-spiker.

О‘zbekiston uchun kuzatuvchi davlat maqomi ko‘proq to‘g‘ri keladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga integratsiyaga kelsak, О‘zbekiston uchun YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomi ko‘proq to‘g‘ri keladi.

“Men О‘zbekistonning YeOIIga kirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi rahbariman. Biz ushbu tashkilotning mingdan ortiq turli hujjatlarini sinchiklab o‘rganib chiqdik va bugun shunday xulosaga keldikki, О‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini saqlab qolishdan manfaatdor. Misol uchun, qozog‘istonlik hamkasblar — ularning mamlakati YeOIIga qo‘shilishdan juda kam foyda olgan. Albatta, men bu ma’lumotga kafillik berolmayman. О‘zbekiston tashqi siyosaitning asosiy tamoyillari mavjud, ular Konstitutsiyaning yangi tahririda mustahkamlab qo‘yilgan va biz ularga amal qilamiz”, — deb tushuntirdi Saidov

O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilish masalasi

O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilish niyatini 2019-yil 2-oktabr kuni Rossiya Senati spikeri Valentina Matviyenko ma’lum qilgandi. Toshkent Yevroosiyo integratsiyasidan manfaatdor ekanini tasdiqlab, hech qanday qaror qabul qilinmaganini, ittifoqqa a’zolikning “ijobiy va salbiy tomonlarini” o‘rganish jarayoni davom etayotganini ta’kidlagandi. Keyinroq O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomi bilan cheklanishga qaror qilgani, uni 2020 yil dekabrida olgani xabar qilingandi.

Теги :
Жамият