$
 12705.79
59.23
 14704.41
243.07
 159.20
-1.68
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

UzAuto Motors 6 oyda jami 317,2 milliard so‘mlik imtiyozlardan foydalandi

uzauto

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurash agentligi 2024-yilda soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish holatlari tahlilini e’lon qildi.

Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2024-yil 1-yarim yillik ijrosi yuzasidan hisobotiga muvofiq ushbu davrda davlat byudjeti daromadlari 121 trln. so‘mni, xarajatlar 149,8 trln. so‘mni tashkil etgan.

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari va xarajatlari

Daromadlar bo‘yicha Soliq qo‘mitasi tomonidan 89,5 trln.so‘m (74%), Bojxona qo‘mitasi tomonidan 29,4 trln. so‘m (24,3%) tushumlar ta’minlangan bo‘lib, boshqa daromadlar va soliq bo‘lmagan tushumlar 16,3 trln. so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘idan manfiy farqni qoplash ham cash-back uchun 14,2 trln. so‘m pul mablag‘lari qaytarib berilgan.

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari 147,2 trln. so‘mni va xarajatlari 173,6 trln. so‘mni tashkil etgan holda, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari taqchilligi 26,3 trln so‘mni yoki YAIMga (yillik prognoz ko‘rsatkichi) nisbatan 1,9 foizni tashkil etgan.

Umumiy soliq va bojxona imtiyozlari qiymati 63,4 trln. so‘mni tashkil qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-son Farmoniga asosan Soliq va Bojxona qo‘mitasi, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har chorakda Ochiq ma’lumotlar portali hamda rasmiy veb-saytida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar, shu jumladan individual imtiyozlar berilgan subyektlar, ularning yakuniy benefitsiar jismoniy shaxslari, ularning to‘lagan soliqlari va moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotlarni ochiq e’lon qilib borish belgilangan.

Agentlik tomonidan Soliq va Bojxona qo‘mitalari tomonidan ochiq e’lon qilingan ma’lumotlar asosida soliq to‘lovchilarning 2024-yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish holatlari tahlil qilindi.

2024-yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha foydalanilgan umumiy soliq va bojxona imtiyozlari qiymati 63,4 trln. so‘mni (2023 yilda 127,1 trln. so‘m) tashkil etgan.

Boshqa so‘z bilan ifodalaganda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va berilgan imtiyozlar natijasida 63,4 trln. so‘m mablag‘ korxona va tashkilotlar ixtiyoriga qoldirilgan.

Soliq imtiyozlari

Joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida 132.059 ta tashkilot tomonidan soliq imtiyozlaridan foydalanilgan bo‘lib, imtiyoz summasi 39,0 trln so‘mni tashkil etgan.

Qo‘llanilgan soliq imtiyozlarining 82,2 foizi yoki 32,1 trln.so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘i (16 trln. so‘mi QQSdan nol darajali stavka) hisobiga to‘g‘ri keladi.

Qayd etish lozimki, qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirining yaxlitligi va uzluksizligini ta’minlash hamda tadbirkorlarga teng sharoitlar yaratish maqsadida imtiyozlar bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda.

Xususan, “Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilingani munosabati bilan qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun”ga muvofiq 2024-yil 1-apreldan boshlab dori vositalari, tibbiyot va veterinariya buyumlarini, shuningdek, dori vositalari, tibbiyot va veterinariya buyumlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyoni olib kirish va realizatsiya qilish aylanmasi, tibbiy va veterinariya xizmatlari uchun QQSdan berilgan imtiyozlar hamda aholiga suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitar tozalash va issiqlik ta’minoti sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun QQSning “nol” stavkasi ham bekor qilingan edi.

Prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-140-son Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlarini ko‘rsatish aylanmasi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinishi belgilandi.

Soliq imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar soni imtiyoz summasi kesimida:

1 mlrd. so‘mgacha - 129.460 ta;

1-100 mlrd. so‘mgacha - 2.560 ta;

100 mlrd–1 trln.so‘mgacha - 36ta;

1 trln. so‘mdan ortiq bo‘lgan imtiyozdan foydalanganlar soni 3 tani tashkil etadi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ hamda bank-moliya tashkilotlaridan tashqari eng yirik imtiyozdan foydalangan tashkilotlar quyidagilar:

“UZBEKISTAN AIRWAYS” AJ - 881,4 mlrd.so‘m;

“COINPAY" MCHJ – 642,7 mlrd.so‘m;

“NAVOIYURAN” DK- 581,4 mlrd.so‘m;

“O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AJ – 529,6 mlrd.so‘m;

“ASIA TRANS GAS” MCHJ – 453,7 mlrd. so‘m;

“UZAUTO MOTORS” AJ - 281,8 mlrd. so‘m;

“UZ-KOR GAS CHEMICAL” MCHJ QK – 224,3 mlrd. so‘m;

“KOBEA GROUP” MCHJ XK – 218,7 mlrd. so‘m;

“YAGONA UMUMRESPUBLIKA PROTSESSING MARKAZI” AJ-145,7 mlrd. so‘m;

“UZBEKISTAN AIRPORTS” AJ – 145,1 mlrd. so‘m;

“GRAND PHARM TRADE” MCHJ – 143,1 mlrd. so‘m;

“O‘ZBEKTELEKOM” AJ – 131,2 mlrd. so‘m;

“TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI” MCHJ - 126, 6 mlrd. so‘m;

“O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ- 121,4 mlrd. so‘m;

“PROCAB” MCHJ QK – 117,8 mlrd. so‘m;

“ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT XALQARO AEROPORTI” MCHJ - 116,9 mlrd. so‘m;

“AIR PRODUCTS NETHERLANDS GASES BV” DM- 111,3 mlrd.so‘m.

Bojxona imtiyozlari

Bojxona qo‘mitasi tomonidan ochiq e’lon qilingan ma’lumotlarga asosan 2024-yil 1 yarim yillik yakuni bo‘yicha 10.454 ta tashkilot tomonidan bojxona imtiyozlaridan (bojxoni yig‘imi, boji, aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘i) foydalangan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 24,4 trln so‘mni tashkil etadi.

Shu jumladan, davlat ahamiyatiga molik loyihalar bo‘yicha - 4.9 trln so‘m, jismoniy shaxslar tomonidan – 91,3 mlrd.so‘m, chet davlatlarning vakolatxonalari va chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari tomonidan 49,1 mlrd so‘m qiymatidagi imtiyozlardan foydalanilgan.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ hamda bank-moliya tashkilotlarini hisobga olmaganda eng yirik imtiyozdan foydalanuvchi tashkilotlar quyidagilar:

“UzGasTrade” – 1,07 trln. so‘m;

“GORNO-RUDNIE TEHNOLOGII CA” МЧЖ – 438,6 mlrd. so‘m;

ИП ООО “SHAMOL ZARAFSHAN ENERGY”- 365,7 mlrd. so‘m;

ООО RWS Optimum - 353,6 mlrd. so‘m;

OOO “HOLOS” - 314,9 mlrd. so‘m;

АК “УЗБЕКТЕЛЕКОМ” – 300,6 mlrd. so‘m;

ИП ООО “ACWA POWER DZHANKELDY WIND”- 277,1 mlrd. so‘m;

СП ООО “BYD UZBEKISTAN FACTORY”- 274,4 mlrd. so‘m;

ИП ООО “ACWA POWER BASH WIND”- 273,8 mlrd. so‘m;

OOO “FIRST FRUITS” – 269,8 mlrd. so‘m;

“ENTER Engineering PTE.LTD” ПУ Алмалык – 266,7 mlrd. so‘m;

ООО “PANORAMA AIRWAYS” -240,2 mlrd. so‘m;

ПУ “ENTER Engineering PTE Ltd” - БАЙСУН ГПЗ – 203,9 mlrd. so‘m;

ООО “ALLIANCE HOLDING” – 201,8 mlrd. so‘m;

АО “Uzbekistan Airways” - 196,0 mlrd. so‘m;

ООО “ADM JIZZAKH” – 158,6 mlrd. so‘m.

Теги :
Jamiyat