Olimlar keng tarqalgan 8 soatlik uyqu “afsona”sini rad etdi
Ta’kidlanishicha, har bir inson uchun ideal uxlash vaqti yo‘q, chunki organizmning ehtiyojlari turlicha bo‘lishi mumkin.
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘pchilik kuniga 8 soat uxlamasam salomatligimga zarar yetishi mumkin deb o‘ylaydi. Lekin britaniyalik professorlarning aytishicha, bu qoida afsonaga aylanib qolgan. Har bir inson uchun ideal uxlash vaqti yo‘q, chunki organizmning ehtiyojlari turlicha bo‘lishi mumkin.
So‘ngi tadiqoqtlar afsonani inkor etdi
Xitoyning Milliy Yurak-tomir kasalliklari markazi tomonidan Yevropa Kardiologiya jamiyati yig‘ilishida taqdim etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, odamlar har kecha odatda yetti-to‘qqiz soat uxlashlari kerak. Loughborough Universitetining faxriy professori Kevin Morganning ta'kidlashicha, ushbu natijalar sakkiz soatlik uyqu talabini shubha ostiga qo‘yadi. Oxirgi tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, biz aynan sakkiz soat uxlashimiz kerak degan afsona noto‘g‘ri.
Qisqa muddatli uyquga odatlanmaslik kerak
Tadqiqotga ko‘ra, hafta davomida yetarlicha uxlamasangiz ham, dam olish kunlari 1,5 soatgacha ortiqcha uxlash orqali charchoqni qisman kompensatsiya qilishingiz mumkin. Bu nafaqat energiyangizni tiklashga yordam beradi, balki yurak xastaliklari rivojlanish xavfini ham kamaytiradi. Qisqa muddatli “qayta tiklanish” uchun ortiqcha uxlash vaqtinchalik tanaffus sifatida foyda beradi, lekin buni odatga aylantirmaslik kerak.
“Yetarli qo‘shimcha uyqu yurak kasalliklari xavfini kamaytirishi bilan bog‘liq. Bu bog‘liqlik, ayniqsa, ish haftasida muntazam ravishda yetarlicha uxlolmaydigan odamlarda yaqqol namoyon bo‘ladi”, — dedi tadqiqlot mualliflaridan biri Yanjun Song.
Uxlash rejimi hayot sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi
Yana bir jihati, har bir insonning biologik soati boshqalarnikidan farq qiladi. Kimdir “ertalabki kaklik” bo‘lsa, yana kimdir “tungi boyo‘g‘li”. Mana shu tabiiy ritmlar ham uxlash soatiga ta’sir qiladi. Shuning uchun organizmga quloq solib, o‘zingiz uchun eng yaxshi uxlash rejimiga ega bo‘lish muhim, deb yozadi o‘zbek blogerlaridan biri Alimoff.
Ba’zi tadqiqotchilarning qayd etishicha, hafta davomida doimiy ravishda uxlash rejimiga amal qilish va dam olish kunlarida ortiqcha uxlash yurak xastaliklari, diabet va hatto ruhiy holat bilan bog‘liq kasalliklar xavfini kamaytiradi. Uxlash hayot sifatiga, diqqatni jamlash qobiliyatiga va ish samaradorligiga ham katta ta’sir qiladi.
Uyqu farovonlik va xulqqa chambarchas bog‘liq
Uyqusizlik faqat tanaga ta’sir qilmasligi mumkin va 2000 kishidan iborat so‘rovnoma uning har kungi hayotimizga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatib berdi. Deyarli 90 foiz odamlar o‘zlarini “tangry” - charchoq va g‘azabning aralashmasi kabi his qilganliklarini aytishgan.
“Bizning uyqumiz, farovonligimiz va xulqimiz bir-biriga chambarchas bog‘liq. Uyquning yetishmasligi miyaning hissiy nazorat markazlarini o‘zgartirib, stressga nisbatan ko‘proq sezgirlikka olib keladi va o‘zini nazorat qilishni kamaytiradi,” — deya tushuntirdi ushbu muammoni uyqu bo‘yicha mutaxassis doktor Sofi Bostok.



