Olimlar uyqu vaqtida ikki odamning ongini bog‘lashga erishdi
Olimlar maxsus uskunalar yordamida uyning turli burchaklarida uxlab yotgan ikki kishining ongini bog‘lay olgan va ular o‘zaro xabar almashgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Bu haqda Daily Mail REMspace kompaniyasiga tayanib xabar berdi.
Fantastikadek tuyulgan ish amalga oshdi
REMspace bosh direktori va asoschisi Maykl Raduganing ma’lum qilishicha, ilgari tushlardagi muloqot ilmiy fantastikadek tuyulgan bo‘lsa, endilikda bu odatiy holga aylanishi mumkin.
Tajriba
Tajriba ishtirokchilarining miya to‘lqinlari ma’lumotlarni serverga masofadan uzatuvchi qurilma orqali kuzatilgan. Ishtirokchilardan biri ongli uyquga ketgach, server tasodifiy so‘z yaratgan va uni quloqchinlar orqali tadqiqotning ikkinchi ishtirokchisiga yuborgan. Tajribaning ikkinchi ishtirokchisi uyg‘onganida, u so‘zni takrorlay olgan.
“Texnologiya hali olimlar tomonidan o‘rganilmagan. Agar u tasdiqlansa, bu uyqu tadqiqotida muhim bosqich bo‘ladi va ruhiy kasalliklarni davolashda, ko‘nikmalarni o‘rgatishda va boshqa ko‘plab tadqiqotlar uchun foydalanish mumkin”, deydi REMspace kompaniyasi.



