$
 12815.13
12.07
 13898.01
-4.83
 133.20
1.36
weather
+26
Кечаси   +14°

Milliy sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi

ustama

2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi. Bu haqda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Prezidentning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida eslab o‘tildi.

Rahbarlik lavozimlariga nomzodlarning o‘zbek tili bo‘yicha bilim darajasi aniqlandi

Shuningdek, tabrikda keyingi yillarda ko‘plab idoraviy hujjatlar davlat tiliga o‘tkazilgani, 100 mingdan ortiq geografik obyektning nomi davlat reyestriga kiritilgani, hududlardagi 150 mingdan ziyod tashqi yozuvlar davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirilgani qayd etildi.

Rahbarlik lavozimlariga nomzodlarning o‘zbek tili bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida milliy test tizimi joriy etilib, qisqa vaqt ichida 3 mingdan ziyod talabgorning qariyb 1 ming 500 nafariga davlat tilini bilish bo‘yicha sertifikatlar berildi.

Davlat tili asoslarini chuqur va atroflicha o‘rganishni ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 58 nomdagi qomus, lug‘at va qo‘llanmalar ko‘p ming nusxalarda chop etildi.

Davlat tilini o‘rganishga keng imkoniyat yaratiladi

Shuningdek, teleradiokanallar va internet saytlarida davlat tilini o‘rganishga yordam beradigan dasturlarning soni va efir vaqtlarini ko‘paytirish, mustaqil til o‘rganuvchilar uchun qo‘shimcha adabiyotlar, lug‘at va qo‘llanmalar nashr etish doimiy e’tibor markazida bo‘lishi qayd etildi.

Теги :
Жамият