Bu yil Alisher Usmonov 6 milliard dollardan ko‘p mablag‘ yo‘qotgan
Bu bilan Usmonov rossiyalik milliarderlar orasida eng katta yo‘qotishlarga duch keldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada eng yirik temir rudasi ishlab chiqaruvchi hisoblangan Alisher Usmonov 2024-yilning birinchi o‘n oyida rossiyalik milliarderlar orasida eng katta yo‘qotishlarga duch keldi. Bu haqda Bloomberg nashring “Milliarderlar indeksi”da ko‘rish mumkin.
6,46 milliard dollarga kamayish
Unga ko‘ra, yanvar oyidan beri Alisher Usmonovning boyligi 6,46 milliard dollarga kamaygan va 14,6 milliard dollargacha tushgan.
Biroq joriy yil oxirida rossiyalik eng badavlat tadbirkorlarning umumiy boyligi taxminan 26,3 milliard dollarga oshgan.
Usmonov Raqobatchilari
“NLMK” direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin hisobot davrida o‘z boyligini maksimal darajada oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Yanvardan oktyabrgacha bo‘lgan davrda u jami 4,81 milliard dollar ishlab topgan va boyligini 28,8 milliard dollarga oshirgan.
Shuningdek, “Severstal” rahbari Aleksey Mordashovning boyligi 4,75 milliardga oshib, 25,6 milliard dollarga yetgan. O‘z navbatida, “Yevroxim” va “SUEK” hammuassisi Andrey Melnichenkoning kapitali 4,2 milliardga oshib, 23 milliard dollarga yetgan.



