Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°

Alisher Usmonov yana Xalqaro lavozimga qaytishi mumkin

Saylovda Usmonovning yagona raqibi shved Otto Drakenberg bo‘ladi. Uning nomzodi hozircha faqat Shvetsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Rasmiy saylov marosimi 30-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov yana Xalqaro lavozimga qaytishi mumkin

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidentligiga qaytishi mumkin. Bu haqda federatsiya saytida xabar berilgan.

FIE prezidentligiga saylov

Rossiyalik taniqli o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovning yana katta sportga qaytishi kutilmoqda. Usmonov nomzodi Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidentligiga ko‘rsatildi. Bu borada ikkinchi nomzod esa shvetsiyalik tadbirkor Otto Drakenberg hisoblanadi. Hozirga qadar Usmonov nomzodi 103 mamlakat milliy federatsiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Drakenberg nomzodi esa Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi tomonidan ilgari surildi. 30-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan tashkilot qurultoyida FIE rahbari saylovi bo‘lib o‘tadi. Federatsiyaning muvaqqat prezidenti gretsiyalik Emmanuel Katsiadakis hisoblanadi.

Usmonovning federatsiyalardagi faoliyati

71 yoshli Alisher Usmonov 2001-2009-yillarda Rossiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, 2005-2009-yillarda esa Yevropa qilichbozlik federatsiyasi rahbari bo‘lgan. U 2008-yildan 2022-yilgacha Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu vaqt orasida Usmonov 2012, 2016 va 2021-yillarda tashkilot rahbarligiga qayta saylangan. 2022-yilda u YEI tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli o‘z vakolatlarini to‘xtatgan edi.