$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya—Ukraina urushning 1 000-kuni: Hammasi qanday boshlangan edi?

Urush

Bundan 2 yil muqaddam, 2022-yilning 24-fevral tongida Rossiya armiyasi Ukrainaga hujum boshlagan edi. Hujum, Vladimir Putin Donbasda maxsus amaliyot o‘tkazilishini e’lon qilishi bilanoq amalga oshiriladi. 

Vladimir Putinning murojaati

24-fevral kuni tonggi soat oltida Rossiya federal telekanallari Vladimir Putinning chiqishini namoyish etadi, u Ukraina hududida harbiy amaliyot boshlangani, operatsiyaning maqsadi - “demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” ekani aytildi. “Qonxo‘rlik uchun barcha mas’uliyat Ukrainadagi rejim zimmasida”, degan Putin. U ukrain harbiylarini qurollarni topshirishga chaqiradi. DXR “xalq militsiyasi” rahbari Eduard Basurin «birinchi raqamli vazifa” - Donetsk va Lugansk oblastlarining administrativ chegaralari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish va ukrainalik siyosatchilar zulmi ostida ezilayotgan odamlarni ozod etish ekanini aytadi. Rossiyaliklar amaliyot boshlaguncha DXR va LXR Ukrainaning bu oblastlarining uchdan bir qismini nazorat qilardi.

Russia in Belarus on X: "⚡️ Владимир #Путин: 💬 В соответствии со ст.51 части 7 Устава ООН мною принято решение о проведении специальной военной операции. ❗️ Её цель – защита людей, которые на протяжении 8 лет подвергаются издевательствам, геноциду со стороны киевского режима. 🔗 https://t.co/msjxryGyEq https://t.co/mJnMMA3oy4" / X

Urushning boshlanishi

Putinning murojaatidan taxminan bir soat vaqt o‘tib, Ukraina va G‘arb nashrlarida rossiyalik harbiylar Ukraina chegarasidan o‘tib, Xarkov hududiga kirgani haqida xabar tarqaladi. Ukrain harbiylari ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da Xarkovda shiddatli janglar boshlangan. Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina armiyasining havo hujumidan mudofaa tizimlari bostirilgani va Ukraina aeroportlaridagi harbiy infratuzilmalar yo‘q qilinganini ma’lum qiladi. Ukraina tomoni bu ma’lumotni tasdiqlamaydi. Ukraina chegara xizmati Rossiya Ukraina chegarasiga tongda Belarus qurolli kuchlari ko‘magida hujum qilganini ma’lum qilgan. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bu ma’lumotni rad etib, uning harbiylari amaliyotda ishtirok etmayotgani, ammo Rossiya prezidenti so‘rasa, unga qo‘shilishga tayyorligini aytadi.

The New Times

Navbatdagi tarixiy imkonni urush va chirkin yolg‘onlarga almashyapmiz

Rossiyalik marhum muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy Rossiya DXR va LXRni tan olishiga munosabat bildirib, o‘zining Aleksey Navalniy Telegram-kanalida quyidagilarni yozgan edi. “Afg‘oniston barbod bo‘ldi, o‘z navbatida SSSR ham halokatli jarohat qabul qilib oldi. Putin sabab yuzlab, keyinchalik esa o‘n minglab rossiyaliklar, ukrainaliklar halok bo‘lishi mumkin. Putin Ukrainani botqoqqa ko‘mib, rivojlangani qo‘ymaydi, ammo Rossiya ham xuddi shunday tovon to‘laydi. Rossiya uchun kurashish Putin va mulozimlarini ketkazish uchun kurashishdir. Bu ayni damda tinchlik uchun kurashish demak. Bizda I asrning kuchli rivojlangan davlatiga aylanish uchun hamma narsa bor, neftdan tortib ilmli odamlargacha. Ammo biz normal boy hayotga erishish uchun navbatdagi tarixiy imkonni ham urush, chirkin yolg‘onlar va Gelenjikda oltin burgutli saroy qurishga almashyapmiz. Ukraina emas, Xavfsizlik kengashi va Yedinaya Rossiyadagi o‘g‘rilar mamlakatning dushmanlaridir. Putin o‘ldirishdan to‘xtamoqchi emas. Sizni Vashington emas, Kreml qashshoq qilyapti. Nafaqaxo‘r karamsho‘rvasi ham ikki baravar qimmat bo‘lishiga majbur bo‘layotgan siyosat Londonda emas, Moskvada olib borilyapti”, deb yozadi u. 

Первый, но не единственный: блогер Дудь** оштрафован — EADaily — Новости  шоу бизнеса. Новости шоу-бизнеса 08.08.2024. Новости шоу бизнеса России  сегодня. Новости шоу бизнеса 8 августа 2024

Ukraina ham kimlarningdir vatani

Rossiyalik taniqli jurnalist Yuriy Dud ham Rossiya hukumatining Ukrainaga nisbatan harakatlarini qoralagan edi. “Tarixga qiziquvchi imperator, nosog‘lom fikr, propagandachilardan iborat eskort. Ular Moskvadagi issiqqina kvartiradan turib urush boshlanishini shunchalik mehr bilan qo‘llashdiki, asti qo‘yaverasiz. Ular milliy boyliklarni Voronej, Kamchatka, Nikel va Zapolyarniyni rivojlantirishga sarflash haqida emas, bu boyliklarni nazoratida saqlab qolish uchun qaror qabul qilishdi. Men bu hukumatni, uning imperatorlarcha g‘azabini qo‘llamaganman. Rossiya mening vatanim, bayrog‘imizni faxr bilan taqib yuraman, lekin Ukraina ham kimlarningdir vatani. Shu kunlarda ularni maksimal darajada qo‘llab-quvvatlayman. Rossiya, Ukraina va dunyoda tinchlik bo‘lsin”, deb yozdi Dud o‘z sahifasida.

Uzbekistan: President appoints former foreign minister as advisor |  Eurasianet

O‘zbekiston TIVning munosabati

Ma’lumot uchun, Senatning yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida TIV rahbari O‘zbekistonning Ukrainadagi vaziyat yuzasidan pozitsiyasini ma’lum qilgandi. Abdulaziz Komilovning Senatdagi chiqishi paytida senator Qutbiddin Burxonoving Ukrainadagi vaziyat va unda O‘zbekistonning pozitsiyasi haqida savol bilan murojaat qiladi. Komilov vaziyat O‘zbekistonda xavotir uyg‘otganini ma’lum qilib, rasmiy Toshkent vaziyatni tinch yo‘l bilan hali qilish muhimligini ta’kidlagan. “O‘zbekiston Rossiya bilan ham, Ukraina bilan ham yaxshi aloqalarga ega. Milliy manfaatlarga tayanib, har ikki davlat bilan yaxshi aloqalarni davom ettiramiz. Masalan, Rossiya bizning eng yirik savdo hamkorimiz. Ukraina bilan ham yaxshi savdo aloqalarimiz bor. Xususan, o‘tgan yili Kiyev bilan savdo aylanmasi 704 millionni tashkil etdi.Ukraina hududiy yaxlitligini tan olamiz. O‘zbekiston DXR va LXR mustaqilligini tan olmadi”, — degan u.

Теги :
Jamiyat