Toshkent birinchilardan bo‘lib MDHning “Mehnat shuhrati shahri” unvoniga sazovor bo‘ladi
Ushbu unvonni ta’sis etish tashabbusi Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan MDH Davlat rahbarlari kengashida ilgari surilgan edi.
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent MDHda “Mehnat shuhrati shahri” unvoniga sazovor bo‘lgan ilk shaharlardan biri bo‘lishi mumkin. Ushbu faxriy unvon Bokuga, kelgusida esa Hamdo‘stlik mamlakatlarining boshqa poytaxtlariga berilishi ham rejalashtirilgan. Bu haqda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev Moskvada bo‘lib o‘tgan sammit yakunida ma’lum qildi.
Shaharni tanlash qanday o‘tadi?
Ushbu unvonni berish uchun shaharlarni tanlash bo‘yicha takliflar MDHga a’zo davlatlardan keladi.
“Bunday shaharlar ko‘p. Ular bu loyihani ishlab chiqish jarayonida allaqachon tilga olingan - bu Boku, Toshkent va boshqa ko‘plab poytaxtlar, u yerga [Ulug‘ Vatan urushi davrida sanoat korxonalari olib chiqilgan va ular front uchun va g‘alaba uchun ishlagan”, — dedi Lebedev.
Unvonni ta’sis etish Putin tomonidan ilgari surilgan
MDHning Gumanitar hamkorlik kengashi kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi, shundan so‘ng ular Davlat rahbarlari kengashi tasdig‘iga taqdim etiladi.
“Mehnat shuhrati shahri” unvonini ta’sis etish tashabbusi Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan MDH Davlat rahbarlari kengashida ilgari surilgan edi.
Moskva sammitida14 ta hujjat imzolandi
Moskva sammitida MDH davlatlari yetakchilari tomonidan 14 ta hujjat imzolandi, shu jumladan, 1941-1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi Gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan Hamdo‘stlik mamlakatlari xalqlariga va jahon jamoatchiligiga minnatdorchilik bildirilgan.



