$
 12571.90
-13.11
 13465.76
-73.19
 143.83
-1.23
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonga o‘rta qatlamli sayyohlar boradi — Nurjigit Qodirbekov

Sayyohlar

Qirg‘iziston Respublikasi parlamentining yalpi majlisida xalq deputati Nurjigit Qodirbekov sayyohlar “qimmat” va “arzon” qatlamga bo‘linishini aytdi.

500 ming qirg‘izistonlik ham O‘zbekistonga dam olishga boradi

Uning fikricha, boy sayyohlar dam olish uchun Shveysariya va Turkiyaga borsa, o‘rta qatlamli sayyohlar, jumladan, 500 ming qirg‘izistonlik ham O‘zbekistonga dam olishga boradi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

Qirg‘isiztonga boruvchi sayyohlar “arzon” turistlardir

“Bizga qo‘shni mamlakatlardan millionlab sayyohlar kelishadi, ammo ular “arzon” turistlar hisoblanishadi. Ular o‘z mamlakatida mashinaga yonilg‘i quyadi, oziq-ovqat va o‘zlariga kerak bo‘lgan hamma narsani o‘z mamlakatida sotib oladi va Qirg‘izistonga chodirlari bilan tog‘larda dam olish uchun keladi. U yerda 200 somdan qimiz sotib olishadi, tamom. Bunday sayyohlardan respublikaga hech qanday foyda yo‘q. Biz kambag‘al sayyohlarni taklif qiladigan davlatga aylandik”, - deb hisoblaydi deputat.

O‘zbekistonga 5 oyda 2,8 million chet elliklar tashrif buyurgan

Ma’lumot uchun Statistika agentligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida 2,8 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. Ulardan, 426,5 ming nafari sayohat maqsadida mamlakatimizga kelgan.

Теги :
Жамият