$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish uchun onlayn ariza berish boshlandi

Talaba

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ariza berish tartibi qanday?

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;

shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;

 “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Ijara shartnomasi talab qilinadimi?

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Qancha to‘lab beriladi?

Talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar, Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lanadi.

Теги :
Jamiyat