$
 12815.13
12.07
 13898.01
-4.83
 133.20
1.36
weather
+26
Кечаси   +14°

Londonning “Arsenal” klubi o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Emireyts

“Lans”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov APLga yo‘l olishi mumkin. Londonning “Arsenal” klubi Fransiya chempionatining 20 yoshli yulduzini nishonga olgan. Qayd etilishicha, “Lans” himoyachisi tezligi va sovuqqonligi bo‘yicha Villiam Salibaga taqqoslanmoqda. Manbaning xabariga ko‘ra, 9,2 million yevro turadigan Husanov “to‘pchilar”ning kelajakdagi maqsadiga aylanishi mumkin.

So‘nggi transfer o‘zgarishi

7-oktyabr kuni Transfermarkt portali Fransiya chempionatida to‘p tepayotgan futbolchilarning transfer narxini yangilagandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi ikki baravarga oshdi va 5 million yevroga yetgan. Bunga qadar Husanovning narxi 2,5 million edi. Abduqodir o‘zbekistonlik futbolchilar orasida narx bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Ayni paytda eng qimmat o‘zbekistonlik futbolchi Abbos Fayzullayev hisoblanadi - 6 million. Husanov esa Eldor Shomurodov bilan birga ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Picture background

“PSJ” klubi qiziqishi

Avvalroq futbolchining “PSJ” klubi e’tiboriga tushgani ham aytilgandi. Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parij klubi o‘zbekistonlik himoyachiga qiziqish bildirayotgani xabar qilgan. “PSJ” braziliyalik himoyachi Markinosga o‘rinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozitsiya uchun munosib nomzod”, - deyiladi manbada. Shuningdek, “Foot01” sayti o‘zbekistonlik futbolchini e’tirof etgan. “Abduqodir Husanov mavsumni yaxshi boshladi va uni tez orada Yevropaning top-klublarida ko‘rishimiz mumkin, masalan “PSJ”da. Jamoa asosiy himoyachisi Kevin Dansoning jarohat olganiga qaramay, “Lans” himoyasi barqarorlik namoyish etmoqda. Jamoa Fransiya chempionatida 6 o‘yinda atigi 2ta gol o‘tkazdi. Husanov himoyada ajoyib o‘yinlar namoyish etmoqda”, - deyiladi “Foot01” sayti xabarida.

“Lans” klubining muvaffaqiyati va kelgusidagi rejalari 

“Lans” klubi keyingi yil yozda Husanovning transferidan kamida 40 million yevro ishlab olmoqchi. Fransiyalik ekspertlarning fikriga ko‘ra, Husanovning transfer bozoridagi narxi 30-40 million yevrogacha oshishi mumkin. “Tvitter” (X) ijtimoiy tarmog‘ida 2 milliondan ortiq obunachiga ega “BeFutbol” sahifasining mashhur “L’Equipe” nashriga tayanib yozishicha, “Lans” 2023-yilda Abduqodir Husanovni “Energetik-BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgan va hozirga kelib o‘zbekistonlik 20 yoshli himoyachining transfer narxi 100 baravarga oshgan.

Теги :
Жамият