Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +10° kechasi +9°

Sakkiz oyda O‘zbekistonga 5 mln. nafardan ortiq turist tashrif buyurdi

Yetakchilikni 1,47 mln. nafar sayyoh bilan Tojikiston egallab turibdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Sakkiz oyda O‘zbekistonga 5 mln. nafardan ortiq turist tashrif buyurdi

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 5,04 mln. nafarni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Farq

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 721 ming nafarga yoki 16,7% ga oshgan. Bir oyda esa 800 ming nafardan ortiq turist mamlakatga kelgan.

Eng ko‘p sayyoh qayerdan tashrif buyurgan?

Tojikiston 1,47 mln. nafar sayyohlar oqimi bilan yetakchilik qilmoqda. Mamlakatdan o‘tgan avgust oyida 270 ming nafar atrofida fuqaro turistik maqsadda tashrif buyurgan.

Qirg‘iziston 1,45 mln. nafar fuqarosi bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. Bir oyda bu mamlakatdan kelgan sayyohlar soni 250 ming nafarni tashkil etgan. Qozog‘istondan bir oyda 174 ming nafardan ortiq turist kelgan, sakkiz oyda esa 1,02 mln. nafar bo‘lgan.

Shuningdek, sakkiz oyda Rossiyadan 535,1 ming nafar (avgust oyida 93 ming nafar), Turkmaniston — 102,9 ming nafar (19,2 ming nafar), Turkiya — 72,9 ming nafar (10,9 ming nafar) hamda Xitoydan 42 ming nafar (6,5 ming nafar) sayyoh kelgan.

Bundan tashqari, yanvar-avgust oylarida Hindiston (39,1 ming nafar), Janubiy Koreya (28,2 ming nafar), Italiya (25,2 ming nafar) hamda boshqa davlatlardan (251,3 ming nafar) ham turistlar tashrif buyurdi.