$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonga 5 oyda qancha turist tashrif buyurganligi ma’lum qilindi

shohi zinda turizm tourism madaniy meros

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda O‘zbekistonga kelgan.

O‘tgan yilga nisbatan 248 mingga oshgan

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 % ga oshganligini ko‘rsatmoqda.

2024-yilning 5 oyida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimidagi soni quyidagicha:

  • Tojikiston – 871,5 ming nafar;
  • Qirg‘iziston Respublikasi – 857 ming nafar;
  • Qozog‘iston – 498,2 ming nafar;
  • Rossiya – 289,6 ming nafar;
  • Turkmaniston – 53,8 ming nafar;
  • Turkiya – 42,1 ming nafar;
  • Hindiston – 23,2 ming nafar;
  • Xitoy – 22,8 ming nafar;
  • Italiya – 15,3 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 15,1 ming nafar;
  • Boshqa davlatlar – 148,7 ming nafar

O‘zbekistonda turizm turlari

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda turizmning uchta asosiy turi mavjud: kirish, chiqish va ichki turizm. Kirish va ichki turizmga asosiy va maxsus turistik mahsulotlar kiradi: turistik diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar; mehmonxonalar, dam olish maskanlari, kurortlar, sanatoriylar, sayyohlik qishloqlari, uy-lagerlar, lagerlarga joylashtirish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning oktyabr oyida Prezident xorijiy sayyohlar sonini oshirish bo‘yicha vazifalarni belgilab bergandi. Unga ko‘ra, Xitoydan Samarqand, Buxoro, Xorazmga, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi, Toshkent va Moskva o‘zaro sayyohlar sonini 1 mln.dan oshirishi, O‘zbekiston rossiyaliklar orasida eng mashhur qishki yo‘nalishlar uchligiga kirishi hamda Samarqanddagi "Bog‘i baland" mahallasi, Surxondaryodagi "Sangardak" mahallasiga "Turizm mahallasi" maqomi berilishi haqida qaror belgilangan edi.