O‘zbekistonda Toncoin kriptovalyutasi savdosi rasman yo‘lga qo‘yildi
UzNEX kriptobirjasi tangani listingga chiqardi. Hozirda Toncoin narxi 59 ming so‘mni tashkil etadi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda “Toncoin” kriptovalyutasi savdosi rasman yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “UzNEX” mahalliy kriptobirjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Savdo boshlandi
Payshanba kuni “Kobea Group"ga tegishli bo‘lgan “UzNEX” yangi 2.0 platformasini ishga tushirdi va “Toncoin” tangasini listingga chiqardi.
Hozirda kriptovalyuta (TON) 58−60 ming so‘m ($4,7) oralig‘ida sotilmoqda. Savdo platformasida jami 15ta tanga, jumladan “Bitcoin” (BTC) mavjud.
Kelasi rejalar
Bu hafta davomida so‘mni yechib olish faollashtiriladi. Keyingi haftada esa kriptobirja “Toncoin”da depozit va pul yechib olishni faollashtirishni rejalashtirmoqda.
Xavfsizlik masalasi
Uzluksiz xizmat ko‘rsatish va xavfsizlik uchun kriptoaktivlarni olib qo‘yish keyingi haftadan boshlab ketma-ket amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, hozirda almashinuv faqat shaxsiy kompyuterda mavjud, mobil ilova ishlab chiqilmoqda.
Xarid qilish uchun qulay payt
So‘nggi haftalarda Durovning Fransiyada hibsga olinishi ortidan “Toncoin” narxi keskin tushib ketdi. Dastlabki soatda kriptovalyuta kursi 10%dan ko‘proqqa tushdi va shundan keyin pasayish davom etdi.



