Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +9°

Emomali Rahmon tojikistonliklarni vatan himoyasiga shay turishga chaqirdi

U tegishli murojaatni 9-sentyabrda nishonlanadigan Tojikiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bildirdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Emomali Rahmon tojikistonliklarni vatan himoyasiga shay turishga chaqirdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon global vaziyatining murakkablashuvi, yangi “sovuq urush”, shiddat bilan qurollanish, shuningdek, terrorizm va ekstremizm tufayli fuqarolarni hushyor bo‘lishga va vatan himoyasiga shay turishga chaqirdi, deb yozmoqda Daryo.

Mustaqillik tabrigi

Emomali Rahmon tegishli murojaatni 9-sentyabrda nishonlanadigan Tojikiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bildirdi.

“So‘nggi 4-5 yil ichida dunyodagi vaziyat tobora murakkablashib bormoqda. Qurollanish jarayonining tezlashuvi, “sovuq urush”, zamonaviy dunyoning tahdid va xavflari, jumladan, terrorizm va ekstremizm, kiberjinoyatlar hamda boshqa transmilliy uyushgan jinoyatlar kun sayin kuchayib bormoqda.

Zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarning salbiy ta’siri, tilga olingan muammolar jonajon Tojikistonimizga ham tegishli. Bunday notinch zamonda biz doim sergak va mustaqilligimiz hamda erkinligimizni himoya qilishga tayyor turishimiz lozim, toki g‘aflatda qolmaylik. Mamlakatimizda xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash nafaqat hukumat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri, balki har bir vatanparvar fuqaroning birinchi darajali vazifasidir”, dedi u.

Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish kerak

Shuningdek, Tojikiston prezidenti yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish uchun ularni tojik xalqining an’analari bilan tanishtirish zarurligini ta’kidladi. U hukumatning tashabbusini eslatib o‘tdi: har bir oilaga fors adabiyoti klassigi Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” va Tojikiston qahramoni Bobojon G‘afurovning “Tojiklar” kitobini sovg‘a qilish.