$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Entoni Blinken Markaziy Osiyo davlatlari TIV rahbarlari bilan uchrashdi

tiv-9-29

BMT Bosh assambleyasining 79 yillik sessiyasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va AQSH davlat kotibi Entoni Blinken C5+1 formatida uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining fikrlari

Uchrashuvda ishtirok etgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning qayd etishicha, Qariyb o‘n yil avval Samarqandda ilk bor boshlangan C5+1 tashabbusining izchil rivojlanishi Markaziy Osiyoda tinchlik va farovonlik yo‘lida birgalikdagi harakatimizni namoyish etadi. Uning ta’kidlashicha, iqtisodiy hamkorlik, suv resurslarini boshqarish, barqaror qishloq xo‘jaligi, ekologik chaqiriqlarga qarshi birgalikda kurashish mintaqaviy hamkorlikda barqarorlik va o‘sishni ta’minlovchi asosiy yo‘nalishlaridandir.

Entoni Blinken nimalar dedi?

O‘z navbatida Entoni Blinken ham X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida AQSH Markaziy Osiyo mustaqilligi, farovonligi va xavfsizligini saqlashga qaratilgan umumiy maqsadlarga erishish uchun mintaqa davlatlari bilan hamkorlik qilish tarafdori ekanini yozgan. U 2023-yil 19-sentyabrda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH rahbarlarining C5+1 formatidagi birinchi sammitida erishilgan kelishuvlar hamda Nyu York deklaratsiyasida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish tarafdori ekanligini bildirdi.