$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Yevroosiyodagi eng tinchliksevar davlat nomi ma’lum qilindi

Yevroosiyo

Global Peace Index (GPI)ning ma’lumotlariga ko‘ra, Yevroosiyodagi eng tinchliksevar davlat qaysi ekanligi ma’lum qilindi.

Qozog’iston mintaqadagi eng tinch davlat

(GPI) maʼlumotlariga qaraganda, 2024-yilda Qozog‘iston Yevroosiyo mintaqasidagi eng tinch davlat sifatida eʼtirof etildi.

Qayd qilinishicha, o‘tgan yilga nisbatan mamlakatning jahondagi umumiy reytingi 10,8 foizga yaxshilangan, bu esa reytingning 78-o‘rindan 59-o‘ringa ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan.

Iqtisodiy vaziyat qo‘shtirnoq ichida

Ammo ko‘rsatkichlar yaxshilanganiga qaramay, noqulay ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va aholining noroziligi tufayli mamlakatda ichki nizolar kelib chiqish xavfi prognoz qilingan.

“Qozog‘iston barcha sohalarda yaxshilanishlarni qayd etdi. Eng sezilarli yaxshilanishlar zo‘ravonlik namoyishlari, ichki nizolarning intensivligi, yadroviy va og‘ir qurollarning, shuningdek, qurollarni import qilish yo‘qligi ko‘rsatkichlarida kuzatilgan”, deydi Tinchlik instituti xalqaro ekspertlari.

Ekspertlarning fikricha, “2022-yilgi tartibsizliklarga sabab bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy omillar va shikoyatlar hal etilmagan hamda mamlakatda yomonlashib borayotgan siyosiy terrorchilik bu mojaro muammolari yaqin kelajakda qaytalanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda”.

Urush tufayli tinchlik darajasi past

Shuningdek mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, 2024-yilda Rossiya va Yevroosiyo mintaqasi boshqa hududlarga nisbatan ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng ko‘p yaxshilanishni boshdan kechirdi, shu bilan birga, mintaqadagi osoyishtalikning o‘rtacha darajasi 0,6 foizga oshgan.

“Bu o‘tgan yil davomida tinchlik darajasi yaxshilangan dunyodagi yagona mintaqa edi, ammo 2024-yilda Ukraina—Rossiya mojarosi tufayli mintaqadagi tinchlik darajasi pastligicha qolmoqda. Joriy yilda mintaqaning 12 davlatidan to‘rttasida tinchlik holati yaxshilangan, sakkiztasida esa yomonlashgan”, deyiladi tadqiqotda.

O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2-o‘rinda

Yevroosiyo mintaqasidagi mamlakatlarning 2024-yildagi GPI bo‘yicha reytingi:

1.Qozog‘iston – 59-o‘rin;

2.O‘zbekiston – 60-o‘rin;

3.Moldova – 63-o‘rin;

4.Tojikiston – 71-o‘rin;

5.Armaniston – 76-o‘rin;

6.Qirg‘iziston – 77-o‘rin;

7.Turkmaniston – 82-o‘rin;

8.Gruziya - 100-o‘rin;

9.Ozarbayjon – 106-o‘rin;

10.Belarus – 112-o‘rin;

11.Rossiya - 157-o‘rin;

12.Ukraina – 159-o‘rin.

Теги :
Jamiyat