Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

Markaziy Osiyoda terrorizm xavfi oshmoqda

Markaziy Osiyo mamlakatlarida oʻzini “huquqsiz, marginallashgan va ish bilan taʼminlanish imkoniyatidan mahrum” deb his qilayotgan yoshlar soni ortib bormoqda. Bu esa terroristik tashkilotlar uchun qo‘l kelmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyoda terrorizm xavfi oshmoqda

Markaziy Osiyoda terrorchilikning radikallashuvi xavfi shiddat bilan ortib bormoqda, dedi Jamiyatlar barqarorligini mustahkamlash global jamgʻarmasi (GCERF) rahbari Xolid Kosser.

Markaziy Osiyo qattiq nazorat ostida

Ta’kidlanishicha, Kanada, AQSH, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning aksariyati, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Qatar, Markaziy Osiyo kabi donorlar uchun yangi faoliyat yoʻnalishi boʻldi. Agar siz zoʻravonlik-ekstremistik terrorizmning global xaritasini taqdim etsangiz, unda Saxel, Suriya shimoli-sharqidagi lagerlar va Markaziy Osiyo ajralib turadi. Bu soʻnggi yillarda paydo boʻlgan yangi tendensiyadir. Markaziy Osiyo hozirda aksilterror agentliklari tomonidan diqqat bilan nazorat qilinmoqda.

Yoshlarning irodasizligi

GCERF rahbari Markaziy Osiyo mamlakatlarida oʻzini “huquqsiz, marginallashgan va ish bilan taʼminlanish imkoniyatidan mahrum” deb his qilayotgan yoshlarning butun bir qatlami mavjudligini taʼkidladi. Bu esa mamlakatlar ichida jiddiy siyosiy va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda, ulardan terroristik tashkilotlar internet orqali yollash uchun faol foydalanmoqda.

Qoʻshimcha xavf — bu Afgʻonistondan noqonuniy migratsiya

Qoʻshimcha xavf — bu Afgʻonistondan noqonuniy migratsiya boʻlib, u ham mintaqadagi beqarorlikka hissa qoʻshadi.

Kosserning tushuntirishicha, GCERF ekstremistik zoʻravonlikning oldini olishga eʼtibor qaratadi.

“Terrorizmga qarshi kurashda anʼanaviy global yondashuv, odatda, reaktivdir. Ishonchimiz komilki, odamlar radikallashuvining oldini olsak, terrorizmni toʻxtatish mumkin. Aynan shuning uchun biz yaqinda Qozogʻiston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda ish boshladik”, — dedi u.

Mintaqaning muammolari Suriya lagerlaridagi bir necha yuz kishidan ancha kengroq

Shuningdek, u GCERF Suriyaning shimoli-sharqidagi lagerlarda saqlanayotgan terrorchi jangarilarni vataniga qaytarishga yordam berish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlariga taklif qilinganini eslatib oʻtdi. Biroq, uning soʻzlariga koʻra, mintaqaning muammolari Suriya lagerlaridagi bir necha yuz kishidan ancha kengroq.

Kuni kecha Markaziy Osiyo davlatlari Suriya shimoli-sharqidagi qochoqlar lagerlaridan vatandoshlarini repatriatsiya qilish boʻyicha dunyoda yetakchi ekanligi haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari Suriyadan 2,2 mingga yaqin kishini qaytargan. Qozogʻiston — 754, Qirgʻiziston — 533, Oʻzbekiston — 531, Tojikiston — 381 kishini vatanga olib kelgan.