$
 12869.90
-4.96
 13496.66
-28.38
 124.94
1.88
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy Osiyo davlatlari Suriyadan fuqarolarini vatanga qaytarish boʻyicha yetakchilik qilmoqda

Lager

Markaziy Osiyo davlatlari Suriya shimoli-sharqidagi qochoqlar lagerlaridan vatandoshlarini repatriatsiya qilish boʻyicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Bu haqda RIA Novosti’ga Global hamkorlik va barqarorlik xalqaro jamgʻarmasi (GCERF) rahbari Xallid Kosser maʼlum qildi.

Eng ko‘p repatriatsiyani Qozog‘iston amalga oshirgan

Uning soʻzlariga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari Suriyadan 2,2 mingga yaqin kishini qaytargan. Qozogʻiston — 754, Qirgʻiziston — 533, Oʻzbekiston — 531, Tojikiston — 381 kishini vatanga olib kelgan.

Yevropa davlatlari bunga beparvo

Kosserning qoʻshimcha qilishicha, Yevropa davlatlari Markaziy Osiyodan farqli oʻlaroq, lagerlarda boʻlayotgan voqealarga koʻz yumib, repatriatsiya ishlarini olib bormayapti.

“Agar Belgiyani Tojikiston bilan taqqoslasangiz, Tojikistonda “bu bizning fuqarolarimiz, biz ular oldida masʼulmiz”, deyishadi”, — dedi GCERF rahbari vaziyatga izoh berar ekan.

GCERF haqida

Maʼlumot uchun, GCERF 2014-yilning kuzida tashkil etilgan. Tashkilot ekstremizm va zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi. Jamgʻarma donorlari orasida: AQSH, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya kabi davlatlar bor.

Теги :
Jamiyat