$
 12778.00
-9.03
 14012.35
-36.76
 131.58
-1.47
weather
+26
Кечаси   +14°

Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisi qidirilmoqda

Tergovchi

Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e'lon qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisi ustidan shikoyat arizasi

Xabar qilishicha, Bosh prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda fuqaro I.X.ning arizasi asosida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Muallif arizasida Toshkent shahar Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisi Sh.Sh. tomonidan “B.H.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan boʻlgan jinoyat ishini uning foydasiga ijobiy hal qilish uchun pul mablagʻlari talab qilganligini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

40 ming AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan

Ariza asosida joriy yilning 7-oktyabr kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Sh.Sh. ariza muallifidan kelishilgan 40 ming AQSh dollarini olib, jinoiy ta'qibdan qutulish maqsadida noma'lum tomonga yashiringan (40 ming AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan).

Ayblanuvchiga sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Sh.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi "a" bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Ayblanuvchiga nisbatan sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, unga nisbatan qidiruv e'lon qilindi.

Теги :
Жамият