$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Tadqiqot: Tennis o‘ynash umrni 10 yilgacha uzaytirishi mumkin

tennis

Daniyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, tennis o‘ynash umrni 10 yilgacha uzaytiradi. Buning uchun esa tennis yulduzi Novak Jokovich kabi bo‘lish shart emas, haftasiga 4-5 marta tennis bilan shug‘ullanish yetarli, deb yozmoqda Forbes.

Eng foydali sport turi

Tennis — ayniqsa, stol tennisi, qiziqarliligi va o‘yin qoidalarining juda ham osonligi bilan butun jahonda mashhur. Ushbu raketkali o‘yinni muntazam o‘ynashning inson tanasi va ruhiy salomatligiga foydalari bisyor. Hafta davomida 150 daqiqa o‘rtacha darajadagi yoki 75 daqiqa yuqori intensivlikda tennis bilan shug‘ullanish yurak-tomir kasalliklari, diabet va semizlikka qarshi yaxshigina himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa ilmiy izlanishlar orqali tasdiqlangan.

Tennis o‘ynash umrni uzaytiradi

Boshqa sport turlariga qaraganda tennis umrni uzaytirishga xizmat qiladi. Kopengagen shahrida o‘tkazilgan tadqiqotda 8 500 kishi 25 yil davomida kuzatilgan va tennis o‘ynovchilar badminton, futbol, velosipedda uchish, suzish yoki yuguruvchilarga qaraganda uzoqroq yashashi mumkinligi aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, muntazam tennis o‘ynovchilar o‘rtacha 10 yilgacha ko‘proq umr ko‘rishi mumkin ekan. (Badminton o‘ynash va yugurish umrni 6 yilga, suzish 3,5 yilga uzaytirishi mumkin.)

Yurak xastaliklari xavfini 50 foizga kamaytiradi

Shuningdek, 2020-yilda o‘tkazilgan bir tadqiqotga ko‘ra, haftada ikki marta tennis o‘ynovchilarning semizlikka uchrash xavfi past bo‘ladi, ular doimiy quvvatga to‘la yuradi.

Bu, asosan, tennisning yurak salomatligiga ijobiy ta’siridan kelib chiqadi. Tennis o‘ynashga haftasiga uch soat vaqt ajratish orqali yurak xastaliklari xavfini 50 foizga kamaytirishi mumkin.

Tennisning ko‘zga ham foydasi bormi?

Tennis jismoniy faollikni kuchaytiribgina qolmay, balki diqqatni jamlashga, tezkorlikka va chaqqonlikka undaydi. Tennis o‘ynash davomida doimiy hushyorlik kerak bo‘ladi, bu esa miyani faol va doimiy tayyor holda ushlab turadi.

Tennis o‘ynash ko‘z sog‘lig‘iga ham foydali bo‘lishi mumkin. O‘yin davomida tez harakat qilayotgan to‘pni diqqat bilan kuzatish ko‘z mushaklarini faollashtirib, ularni mustahkamlaydi. Bu jarayon ko‘zning koordinatsiyasini yaxshilaydi va ko‘rish qobiliyatini keskinlashtiradi. Shuningdek, muntazam tennis o‘ynash ko‘zlarni uzoq masofaga va harakatlanayotgan narsalarga moslashish qobiliyatini oshirishga yordam beradi.

Harakatchanlikka undaydi

Yoshimiz o‘tgan sayin mushak massasi kamayadi va suyaklar mo‘rtlashib boradi. Tennis o‘ynashda ilib olish mahorati juda muhim bo‘lib, bu yurak kasalliklari, yallig‘lanish va hatto demensiyaga foydali bo‘lishi mumkin. U doimiy harakatga undab turgani uchun suyaklar bilan bog‘liq osteoporoz xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Yolg‘izlikka eng yaxshi davo

Yakka sport turlari — masalan, yolg‘iz sport zaliga borish yoki yugurish kabi faoliyatlar yaxshi bo‘lsa-da, tennis boshqalar bilan o‘ynashni, jamoaviylikni talab qiladi. Ayniqsa, keksalar uchun bu juda muhim, chunki ijtimoiy izolyatsiya demensiya xavfini 50 foizga oshiradi. Tennis sporti turli guruhlarni birlashtirib, keksalikda ham ruhiy va jismoniy salomatlikni saqlashga yordam beradi.

Qiziqarli fakt - AQShda tennisni sevib o‘ynashadi. Statistikaga ko‘ra, 2023-yilga kelib 23 milliondan ortiq amerikalik umri davomida kamida bir marta tennis o‘ynagan ekan, ularning 12 millionga yaqini esa yil davomida kamida 10 marta raketkali o‘yin bilan shug‘ullangan.

Теги :
Jamiyat