$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

“Toshkent – Shofirkon” avtobus yo‘nalishi bo‘yicha ochiq tender tanlovining asl gʻolibi aniqlandi

tender

Joriy yilning 23-aprel kuni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha, ya’ni VSh-1097-sonli “Toshkent – Shofirkon” (Toshkent tomondan) avtobus yo‘nalishi bo‘yicha ochiq tender tanlovi o‘tkazilgan.

Ishtirokchilar va gʻolib

O‘tkazilgan ochiq tender tanlovida, “Travelwind” MChJ (37,61 ball), “Muxamedsharif” MChJ (36,88 ball), “Marjon Norjon Omad” O/K (33,62 ball) hamda “Uzautotrans Service” MChJlar (31,06 ball) talabgor sifatida qatnashgan.

Qatnashchilarning tender takliflari haqiqiyligini o‘rganish yakunlari bo‘yicha “Marjon Norjon Omad” O/K tender g‘olibi deb topilgan hamda oferta shartnomasi tuzilgan.

Natijadan norozi MChJning arizasi

Natijadan norozi boʻlgan “Travelwind” MChJ Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga ariza bilan murojaat qilgan hamda uning arizasi sudning 2024-yil 3-iyuldagi 5-1001-2407/1241-sonli qarori bilan qisman qanoatlantirilgan.

Tender natijasi qayta tekshirilib asl gʻolib aniqlandi

Mazkur sud qaroriga asosan o‘tkazilgan tender takliflari haqiqiyligini o‘rganish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda hamda sud qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Muxamedsharif” MChJ hamda “Marjon Norjon Omad” oilaviy korxonasining 30 soatlik dastur bo‘yicha to‘plagan ballari bekor qilinib, “Marjon Norjon Omad” oilaviy korxonasi bilan tuzilgan ommaviy oferta shartnomasini bekor qilinishi to‘g‘risida Transport vazirligining 2024-yil 26-iyuldagi 2/6781-sonli xat orqali ma’lum qilingan.

Natijada “Toshkent – Shofirkon” yo‘nalishi bo‘yicha “Travelwind” MChJ tender g‘olibi deb topilgan va oferta shartnomasini tuzish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilgan.